O‘zbekiston | 00:29 / 29.09.2020
32138
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: O‘zbekistonda so‘nggi bir kunda 500ga yaqin yangi holat qayd etildi

28 sentabr kuni O‘zbekistonda 477 kishida koronavirus aniqlanib, 501 kishi tuzalgani va 2 kishi vafot etgani tasdiqlandi. Kunlik kasallanish ko‘rsatkichi qatorasiga uchinchi kun 500dan kam bo‘ldi.

Rasmiy statistikada jami holatlar soni 56 mingga yaqinlashmoqda: hozirgacha 55 878 kishida koronavirus aniqlangan. Ulardan 52 466 nafari tuzalgan.

Qurbonlar soni kamida 2 nafarga ortib, SSV statistikasi bo‘yicha o‘lim holatlari soni 461 nafarga yetdi.

Yangi holatlar (+477)
Kun davomida respublikaning 7 hududida tana harorati ko‘tarilgani hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida yangi kasallanish holatlari aniqlangan.

  • Toshkent shahrida 309 holat;
  • Toshkent viloyatida 91 holat;
  • Namangan viloyatida 35 holat;
  • Buxoro viloyatida 16 holat;
  • Andijon viloyatida 13 holat;
  • Qashqadaryo viloyatida 9 holat; 
  • Navoiy viloyatida 4 holat.

Tuzalganlar (+501)
Kun davomida respublikaning 7 hududida jami 501 nafar bemor tuzaldi va shu vaqtgacha kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 52 ming 466 nafarga yetdi (94 foiz).

  • Toshkent shahrida 303 nafar, 
  • Toshkent viloyatida 98 nafar, 
  • Namangan viloyatida 54 nafar, 
  • Buxoro viloyatida 18 nafar, 
  • Andijon viloyatida 13 nafar, 
  • Samarqand viloyatida 9 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 6 nafar bemor tuzaldi. 

SSV 28 sentabr kuni yana 2 nafar bemor vafot etgani va shu vaqtgacha rasmiy statistikaga kiritilgan o‘lim holatlari soni 461taga yetgani haqida xabar qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 951 nafar bemordan 670 nafari og‘ir, 272 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid