O‘zbekiston | 00:47 / 30.09.2020
19784
1 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: 29 sentabr kuni O‘zbekistonda 476 kishida kasallik qayd etildi

Shu yilning 29 sentabr kuni O‘zbekistonda 476 holatda koronavirus qayd etildi. Bu haqda SSV xabar berdi.

Shu bilan birga, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 466 nafarga yetdi.

Kecha Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Namangan, Andijon, Samarqand, Qashqadaryo hamda Farg‘ona viloyatlarida 504 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 56 354 nafar bemordan 52 970 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 918 nafar bemordan 587 nafari og‘ir, 261 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid