Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hokimlar renessans bilan, ma'naviyat va ma'rifat bilan shug‘ullanadigan vaqt keldi – prezident mahalliy rahbarlarga topshiriq berdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda tuman, shahar hududini reyting tizimi asosida baholash tajribasi va uning dastlabki natijalari haqida aytib o‘tib, hokimlarga yangi topshiriq berdi.
«Hech kim iqtisodiy inqiroz bo‘lishini kutmagan edi. Biroq bor-yo‘g‘i 48ta tuman bunga tayyor bo‘ldi. 119ta tuman esa «o‘rta», 33ta tuman «qoniqarsiz», befarq va beparvo. Hokim bor, 5-6 nafar muovini bor, 4ta sektor bor, tuman Xalq ta'limi boshqarmasi, Yoshlar agentligi bor. Bu narsalar oldin yo‘q edi.
Uyniyam qurib berdik, mashina ham olib berdik. Har bir muovinga sharoit yaratib berdik. Qani natija? Odamlar ertaga bizdan natija kutadi», dedi prezident.
Davlat rahbari Qorako‘l tumanidagi maktab tajribasini misol qilib keltirib, hokimlar ta'limga e'tiborli bo‘lishi kerakligi haqida aytib o‘tdi.
«Prezidentning har bir hududdagi vakili, har bir viloyat va tumanning yetakchilari hokimlar hisoblanadi, ularga shunday vakolat berilgan. Kim tashabbus bilan chiqmoqda? Qaysi viloyat hokimi Qorako‘lga borib, tajriba o‘rganib keldi?
Katta yo‘lga qadam qo‘ymoqdamiz. Mana natija: bor-yo‘g‘i 48ta tuman «yaxshi», 119ta tuman esa «o‘rta, 33ta tuman «qoniqarsiz» deb topilgan. Endi 10 foiz qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanib kelayotgan hokim ma'naviyat va ma'rifat bilan, renessans bilan, buyuk bobolarimizning haqiqiy izdoshlari bo‘lgan buyuk muallimlarimizni, professor akademiklarimizni jalb qilib shug‘ullanadigan vaqt keldi.
Agar shuni qilmas ekanmiz, hech qachon iqtisodiyot barqaror bo‘lmaydi, sanoat rivojlanmaydi, odamlar manfaatdor bo‘lmaydi, men BMT sessiyasida aytganimdek, qashshoqlik ovozi jaranglayveradi. Shu paytga qadar bilib-bilmaslikka oldik. 9 foizgina yoshlarimizni oliygohga kiritdik. Bu sharoitda buyuk bobolarimizni eslab bo‘ladimi?», deya savol bilan yuzlandi prezident.
Davlat rahbari maktablarni nafaqat zamonaviy qilib qurish, balki ularga yangicha ma'no-mazmun, zamonaviy ilm-ma'rifat, tarbiya bilan to‘ldirish kerakligini ta'kidladi.
«Buning imkoni bor, faqat hokimlar va mutasaddi vazirliklar hamkorlikda jiddiy ishlashi talab etiladi», dedi davlat rahbari.
Mavzuga oid
15:20 / 19.06.2026
Samarqandda maktab o‘quvchisi o‘z joniga qasd qildi. U sinf rahbari tomonidan kaltaklangani aytilmoqda
22:49 / 30.05.2026
“Armiya himoyasidagi” pedagoglar va kichik biznes uchun soliq islohoti - hafta dayjesti
16:49 / 30.05.2026
“Bolaga hatto ota-onaning kuchi yetmayapti” - maktablardagi intizom haqida suhbat
17:31 / 26.05.2026