O‘zbekiston va Tojikiston ishbilarmon doiralari 50 mln dollarlik yangi kelishuvlarni imzolashdi
Dushanbeda O‘zbekiston – Tojikiston biznes-forumi o‘tkazildi va forum doirasida ikki davlat ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida yangi kelishuvlar imzolandi.
Marosim Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 7-yig‘ilishi doirasida o‘tkazildi.
Forumda ikki tomondan davlat organlari, davlat korxonalari va tashkilotlari rahbarlari, shuningdek, xususiy sektorlar rahbarlari bo‘lgan 300dan ortiq kishi ishtirok etdi.
Ishtirokchilar investitsion muhit va turizm, sanoat, energetika, xizmatlar ko‘rsatish va boshqa sohalardagi imkoniyatlar bilan tanishishdi, shuningdek, hamkorlik uchun qo‘shma loyihalar ko‘rib chiqildi.
Forumning rasmiy qismi yakunlangach, «Tadbirkorlar tadbirkorlar bilan» (B2B) formatida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazildi, uning yakunlariga ko‘ra hamkorlik to‘g‘risida yangi hujjatlar imzolandi.
Tojikiston Investitsiyalar va davlat mulkini boshqarish qo‘mitasi ma'lumotiga ko‘ra, forum doirasida davlat va xususiy sektor sub'yektlari iqtisodiy hamkorlikning deyarli barcha yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan 50 million dollarlik 15ta hamkorlik shartnomalarini imzolashgan.
Mavzuga oid
10:38 / 11.11.2024
Toshkentda O‘zbekiston-Litva biznes-forumi o‘tkazildi
16:30 / 01.10.2024
Toshkent, Farg‘ona va Sirdaryoda "O‘zbekiston-Kuvayt" biznes-forumlari o‘tkaziladi
22:35 / 20.09.2024
Toshkentda O‘zbekiston va Polsha ishbilarmon ayollari biznes-forumi boshlandi
11:10 / 17.09.2024