Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev: «Maktab direktorligini eng yaxshi 5 yillik rivojlantirish dasturiga ega nomzodlar egallashi kerak»
Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi va muallimlarning hayotdagi nufuzi va mavqeyini oshirish maqsadida ularning maqomini qonun darajasida belgilashni taklif qildi.
Qonunda, maktab direktoriga qo‘yiladigan talablar, uning asosiy vazifalari va faoliyatini baholash mezonlari hamda hisobot berish tartibini belgilash zarurligi qayd etildi.
«Maktab direktori lavozimini tanlov asosida, maktabni kelgusi 5 yilda rivojlantirish bo‘yicha eng yaxshi dasturga ega nomzod egallashi kerak. Endi maktab direktori yil yakuni bo‘yicha dastur ijrosi haqida mahalliy kengashda hisobot beradi va uning faoliyatiga xalq vakillari tomonidan ochiq-oydin baho berib boriladi. Maktab direktoriga intizomiy jazo berish va uni lavozimidan ozod etish masalalari ham mahalliy kengashlar bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi zarur», dedi davlat rahbari.
Parlament a'zolaridan mahalliy kengashlarning maktablar bilan ishlash tizimini alohida nazoratga olib, ushbu jarayonlarga yaqindan ko‘mak berishlari so‘ralgan. Oliy Majlis palatalari ikki oy muddatda umumta'lim maktablari bilan ishlashni yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqishi kerak bo‘ladi.
Kelgusi ikki yil davomida maktablarni moddiy-texnik jihatdan ta'minlash xarajatlarini 2 barobar oshirish, ularni zamonaviy jihozlar va ko‘rgazma qurollari bilan to‘liq ta'minlash lozimligi qayd etildi.
Mavzuga oid
11:51
Namangandagi maktablar “Mutolaa” platformasida majburiy obunaga jalb qilinayotgani aytildi
14:34 / 30.03.2026
Namanganda 6-sinf o‘quvchisiga jinsiy zo‘ravonlik qilgan o‘qituvchi qamoqqa olindi
12:30 / 14.03.2026
Karmana tuman hokimi o‘qituvchilarni hokimlikka yig‘ib, qariyb 1 soat turg‘izib qo‘ydi
19:25 / 02.03.2026