Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalq ta'limi bo‘limi mudirlari hokimning maorif bo‘yicha maslahatchisi sifatida faoliyat yuritadi
Joylardagi xalq ta'limi bo‘limi mudiri tuman, shahar va viloyat hokimining maorif bo‘yicha maslahatchisi sifatida faoliyat olib boradi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimda ma'lum qildi.
Prezident joylardagi xalq ta'limi bo‘limlari mudirlari faoliyatini tanqid qilgan.
«Afsuski, bugungi kunda tuman va shahar xalq ta'limi mudirlarining tizimdagi o‘rni sezilmayapti. Ularning faoliyati asosan xo‘jalik ishlarini nazorat qilish va tegishli jazo choralari qo‘llashdan iborat bo‘lib, ta'lim sifati bilan shug‘ullanish ikkinchi darajali masalaga aylanib qolgan.
Mazkur rahbarlarning tizimdagi rolini qayta ko‘rib chiqish va ularning maqomini oshirishni davrning o‘zi talab qilmoqda. Bundan buyon tuman xalq ta'limi bo‘limi mudirlari hokimning maorif bo‘yicha maslahatchisi sifatida faoliyat olib boradi va bevosita hokimlik binosida o‘tiradi. Shunga mos ravishda ularga zarur vakolatlar beriladi.
Bundan tashqari, ta'lim sohasini rivojlantirish maqsadida tuman va shaharlarda alohida jamg‘arma tashkil etsak, nima deysizlar? Jamg‘arma mablag‘lari ilg‘or va namunali maktab rahbarlari hamda xalq ta'limi bo‘limlari metodistlarini rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi.
Vazirlar Mahkamasi (J.Qo‘chqorov), Moliya vazirligi (T.Ishmetov) bir oy muddatda ushbu jamg‘armani tashkil etish va uning moliyaviy manbalarini shakllantirish bo‘yicha qaror loyihasini tayyorlasin», dedi davlat rahbari.
Mavzuga oid
15:20 / 19.06.2026
Samarqandda maktab o‘quvchisi o‘z joniga qasd qildi. U sinf rahbari tomonidan kaltaklangani aytilmoqda
22:49 / 30.05.2026
“Armiya himoyasidagi” pedagoglar va kichik biznes uchun soliq islohoti - hafta dayjesti
16:49 / 30.05.2026
“Bolaga hatto ota-onaning kuchi yetmayapti” - maktablardagi intizom haqida suhbat
17:31 / 26.05.2026