«Men örnimdan tura olyapman...»

– Onam Hindistonga yetib bora olarmikan, degan hadikda yölga çiqqandik. Yöl böyi yotib kelgan, huşi ham özida emasdi. Özimizda payti hatto örnidan ham tura olmasdi, – deydi Öğilxon Mamadaliyevaning qizi Umida.

Kun.uz muştariylari «Onasining operatsiyasi uçun tikuvçilik qilib pul yiğayotgan 5 qizga kömak zarur» maqolasi orqali bu oila taqdiridan yaxşi xabardorlar. Unda onasini qutqariş ilinjidagi qizlar uylarining ham bir qismini sotganlari, biri jigarini berayotgani, yana biri esa şifoxonada parvarişlayotgani hikoya qilingandi.

– Dastlab kelganimizda begona yurtlarda qolib ketsak nima qilamiz, deb biroz qörqqandim ham. Ammo Allohga ming şukr, operatsiya muvaffaqiyatli ötdi. Men örnimdan turib yurişimni, oğriqlarim pasayişini şu qadar orzu qilgandimki, buni faqat özim bilaman. Hozir reabilitatsiya bosqiçidamiz, tahlillarni topşirsak, çiptalarni hal qilsak, Özbekistonga qaytamiz. Menga kömak berganlarni butun umr duo qilib ötaman, – dedi közida yoş bilan Öğilxon opa.

«Özbekistonda 14ta operatsiya ötkazgan qizim Hindistonda 15-operatsiyani boşdan keçirdi»

Qöqonlik Husniddin Soliyevning uç yaşar qizaloği Osiyoxon Soliyeva uçun ham xayriya aksiya taşkil etilgan edi.

– Uç yaşar qizimning bir yili uzluksiz operatsiyalarda ötdi. Ayni öynab kuladigan payti azoblarda keçdi. Şu paytgaça 14 marta operatsiya ötkazdik va har safar umidimizni uzmay soğayişini kutdik, – degandi ota biz bilan suhbatda.

Ota va bola ham şifo umidida Hindistonga yöl olganlar va «Respirator qaytalanuvçi papillamatoz. Xiqildoq, traxeya va qizilöngaçga tarqalişi bilan; birinçi darajali nafas yetişmovçiligi» taşxisi qöyilgan qizaloq hind jarrohlari tomonidan yana bir marta operatsiya qilingan.