Tahririyatimizga xayriya kömagini sörab Namangan viloyati Norin tumani Nurziyo mahallasidan murojaat qilgan oila yaxşilar kömagiga muhtoj. Ular töşakka mixlanib qolgan onaning oyoqqa turişi uçun harakat qilişmoqda.
Bemorning qizi Umida Mamadaliyevaning aytişiça, uning onasi – Öğilxon Mamadaliyeva 2018 yilda Namangan viloyati köptarmoqli tibbiyot markazida öt pufagidan toş oldirgan. Biroq operatsiyaning notöğri keçişi tufayli şifokorlar tomonidan jigardagi tomirlarga zarar yetkazib qöyilgan. Şuning uçun hozirgi davrga qadar töşakka mixlanib qolgan Öğilxon Mamadaliyeva 5 marta turli operetsiyalarni boşidan ötkazgan.
«Oxirgi operatsiyadan keyin hindistonlik şifokorlar onamni konsultatsiyadan ötkazişdi. Ularning aytişiga qaraganda onamning jigarlari yaroqsiz ahvolda, tomirlari jiddiy zararlangan. Faqatgina Hindistonda jigar köçirib ötkaziş yöli bilangina onamga yordam berişning imkoni bor ekan. Agar imkon bölib operatsiyaga pul yiğilsa, men donor sifatida onamga özimning 70 foiz jigarimni bermoqçiman», - deydi Umida Mamadaliyeva.


Uning aytişiga qaraganda, Hindistonda operatsiyani ötkaziş, boriş-keliş xarajatlari uçun 27 ming AQŞ dollari atrofida mablağ zarur. Hozirgaça yaxşi insonlar kömagi, turli xayriya tadbirlari orqali 8 ming dollar pul yiğilgan.
«Onamning qorniga ikki yildan beri rezina içak örnatilgan. Unga har soatda maxsus dori yuborib turilişi kerak, agar vaqtida qilinmasa, qon qotib, komaga tuşib qolişi mumkin ekan. Şuning uçun dadam işlay olmaydi, onamga ulardan boşqa qaray oladigan odam yöq.
Biz oilada 5 nafar qiz farzandmiz. Şu kungaça onamning hamma operatsiyalari uçun pulni Toşkentda tikuvçilik qilib işlab topganmiz. Hozir karantin bölgani uçun işlaş imkonimiz ham yöq. Kunlik dorilar hatto oziq-ovqat uçun ham pul topişga qiynalyapmiz. Uyimizni sotiş haqida ham öyladik, biroq onam bunga rozi bölmadi, hali 3 singlimizni uzatişimiz kerak. Ularining taqdirini öylab bunday qilolmaymiz», deydi Umida Mamadaliyeva.
Bemor esa qizlarini qiynab qöyganidan, ularga onalik mehri körsata olmayotganidan ham azoblanmoqda.



















