Toşkentda oğir hayotiy vaziyatga tuşib qolgan ayollarni qöllab-quvvatlaş va ijtimoiy yetimlikning oldini olişga qaratilgan “Ona uyi” loyihasining taqdimoti bölib ötdi. 2024 yilda Özbekistonda işga tuşirilgan uşbu loyiha Toşkent va Samarqandda öz samarasini isbotladi, bu yerda önlab ayollar va bolalarga yordam bergan uçta uy oçildi.

 Loyiha Savdo–sanoat palatasi va Özbekiston Respubikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi hamkorligida özbekistonlik va qozoğistonlik işbilarmon doiralari vakillarini birlaştirgan holda faoliyat boşlagan.

Loyihaning asosiy taşabbuskori – Qozoğiston tadbirkorlari tomonidan taşkil etilgan «Ana Үyі» jamoat fondi bölib, uning asosiy maqsadi Markaziy Osiyoda ijtimoiy yetimlik muammosini hal qilişdan iborat.

2024 yilda Özbekistonda erişilgan dastlabki yutuqlar:

  • 60 nafar bola taşlab ketilmasdan yoki olib ketilmasdan onalari bilan qoldi.
  • 45 nafar ayol inqirozli vaziyatlarda, jumladan, oiladagi zöravonlik holatlarida yordam oldi.

Hozirda “Ona Uyi” xavfsiz joy, huquqiy va psixologik yordam va yangi hayot boşlaş imkoniyatini taqdim etiş orqali ayollar va ularning farzandlari hayotini özgartirmoqda.

 “Men  bu  loyihada uç yildan beri işlab kelaman. 15 yildan beri xayriya işlari bilan şuğullanaman va bizda ikki yirik loyiha mavjud.  Bir kuni döstim menga yetim bolalar haqida gapirdi. U mening oğriqli nuqtamga tegdi, çunki men ham ota – onamdan erta ayrilganman. Bu qanday oğriq ekanini yaxşi bilaman. Har bir bola oilasi bölişiga haqli. 

Men tadbirkorman, şaxsan borib yordam berişga vaqt topilmaydigan paytlar köp böladi. Ammo işim orqali, ya’ni moliyaviy tomondan yordam beriş imkoniyatim bor. Tadbirkorning vazifasi, avvalo, moliyaviy yordam berişdir”, deydi qozoğistonlik tadbirkor Almaz Tultayev.

Tadbirda iştirok etgan yetakçi tadbirkorlardan biri Zafar Hoşimov bu loyihadagi iştiroki haqida gapirdi:

“Ijtimoiy himoya agentligi va Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlarni töplab, Qozoğistondagi döstlarimizning xayriya işlarini tizimlaştirişi yaxşi tajriba böldi. 3 ta loyiha haqida gap ketyapti, ulardan biri “Ona uyi” loyihasi. Ya’ni qiyin ahvolga tuşib qolgan onalar ayrim paytlarda öz farzandlaridan keçişga majbur bölişadi. Şunday onalarga yaxşi şaroitlar yaratib beriş, öşa yerda 6-12 oy içida ularga kasb örgatiş, farzandlari ularning bağrida bölişi, ona uçun bolani yoki bola uçun onani saqlab qoliş loyihasini körsatişdi. Özbekistonda ham Toşkentda 2 ta, Samarqandda 1 ta “Ona uyi”ni oçiş yölga qöyiladi. Hamma viloyat markazlarida şunday uylar bölişi foydali va yaxşi taşabbus bölardi. Şunday filiallardan biriga homiylik qilişni böynimga oldim”, - dedi tadbirkor.