«Anadolu» agentligi muallifi Ali Maskan Yevropa Ittifoqi kelajagi böyiça fikrlarini bayon etdi.

Buyuk Britaniya
Angliya – parlament tizimiga birinçilardan bölib qadam qöygan, demokratik jarayonlarga Yevropa qit'asining boşqa mamlakatlaridan oldinroq kirib kelgan davlat. Bu esa tabiiy ravişda Yevropa duç keluvçi barça muhim muammolarni hal qilişda Britaniyaning aralaşuviga bölgan zaruriyatni tuğdiradi.

Angliya uzoq vaqt mobaynida özining tabiiy qudrati tufayli qit'ada mutlaq kuç sifatida hukmronlik qiliş uçun Yevropadagi biror-bir mamlakatga yöl bermadi. Ammo u Ikkinçi jahon uruşining oxiriga qadar davom etgan uşbu missiyani çarçoq va vaqtning moliyaviy oğirligi tufayli qisman AQŞga topşirişga majbur böldi. Keyinçalik u yuzlab yillar davomida taşqaridan nazorat qilib turişi kerak bölgan Yevropa tomonidan tuzilgan ittifoqqa kirib, özini ham Yevropa mamlakati sifatida röyxatga qayd etdi.

Xalqaro tizimning ma'muriy özgarişidan foydalangan holda, Angliya mazkur tizimda mustaqil kuç sifatida iştirok etiş uçun Brexit jarayonini boşladi. Pandemiya jarayoni bilan hayotga kirib kelgan yangi qadriyatlar Buyuk Britaniyaning Brexit jarayoniga kirişgani naqadar örinli bölganini yana bir bor tasdiqladi.

Bugungi kunda 2,4 milliard kişilik ulkan iqtisodiyotga ega bölgan Britaniya Hamdöstligi (Commonwealth) 80dan ortiq taşkilot tomonidan qöllab-quvvatlanmoqda va u 54 davlatni öz içiga oladi. U Angliya rahbarligida rivojlaniş, tinçlik va demokratiya yölida siyosat yuritmoqda.

Yakkalaniş davrida ham tarixiy xazinasini saqlab qolişga muvaffaq bölgan Angliya kutilganidek yangi davrga ham xotirjamlik bilan moslaşib boradi. Şu sababli Buyuk Britaniya xalqaro kun tartibi eng qizğin bölgan mintaqa böliş barobarida voqealarga nisbatan juda aniq va ta'sirçan aralaşuvlardan voz keçadi.

Şu paytgaça AQŞ bilan jiddiy qarama-qarşiliklarni boşdan keçirmagan Angliya keyingi davrda ham uşbu darajadagi munosabatlarni saqlab qoliş orqali özining «aqlli mamlakat» pozitsiyasini davom ettirişi aniq. Buyuk Britaniya Yevropaning tartibi va barqarorligi uçun zarurat tuğilganda AQŞ, Rossiya va Xitoy kabi davlatlar bilan diplomatik aloqalarni örnatişdan tortinmaydi. Şu nuqtayi nazardan, u Yevropa Ittifoqidan çiqib ketgan bölsa-da, ittifoqning mavjudligi va omon qolişi uçun kerakli qurbonliklar berişda davom etadi. U Yevropaning umumiy taşqi va xavfsizlik siyosatini qöllab-quvvatlaydi va hattoki Makron talab qilganidek, Yevropa xavfsizlik kengaşi kabi tuzilmalarga «öng köz bilan qaraydi».