Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent, Farg‘ona, Jizzax va Navoiy viloyatlarida qurilish klasterlari tashkil etiladi
Qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarni izchil davom ettirish, ichki bozorni mahalliy qurilish materiallari bilan to‘ldirish va sohaning eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha barcha imkoniyatlardan unumli foydalanish maqsad qilingan.
Vazirlar Mahkamasining “Qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Quyidagilar:
2020-2023 yillarda qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirish Chora-tadbirlari dasturi;
yog‘och-qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanishni va yangi loyihalarning ishga tushirilishini ta'minlash bo‘yicha “Yo‘l xarita”;
keramika sanitar texnik buyumlarida ichki talabni mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan ta'minlash va import salohiyatini oshirish bo‘yicha “Yo‘l xarita” tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, Toshkent, Farg‘ona, Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklarining tajriba tariqasida mazkur hududlarda xomashyodan tayyor mahsulot (xizmat)gacha bo‘lgan jarayonni to‘liq qamrab oladigan qurilish klasterlarini tashkil etish haqidagi takliflari ma'qullanadi.
Belgilab qo‘yilishicha, 2021 yil 1 yanvardan qurilish klasterlariga, xususan, gazobeton ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan klasterlarga shahar va qishloq joylarida arzon uy-joylar qurilishi dasturlari doirasida yer maydonlari ajratiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibni joriy etadi:
a) “karbamid – A” xomashyo sifatida sanoatda ishlatilishi va “karbamid – B” kabi mineral o‘g‘it tarkibiga kirmasligini hisobga olgan holda, uni birjada forvard va fyuchers shartnomalari asosida sotish bo‘yicha savdo sessiyalari tashkil etilishi;
b) yog‘och-qirindili plitalar yoki ularning muqobil turlarini ishlab chiqarish va o‘zi laminatsiyalashga ixtisoslashtirilgan korxonalar tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun “melamin kukuni” (kod TN VED 2933610000) import qilinganida, bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlari va qo‘shimcha qiymat solig‘i bundan mustasno) ozod etish.
Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga ko‘ra 2020 yil 1 noyabrdan boshlab:
a) respublikadagi qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun import qilinayotgan xomashyolar, ko‘mir va tabiiy gazga muqobil boshqa energiya resurslarini temir yo‘l orqali tashishda ichki tarif stavkalari qo‘llaniladi;
b) Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yog‘och-qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini hamda keramik sanitar-texnik buyumlarni ishlab chiqaruvchi korxonalarga:
summasi 10 milliard so‘mdan, foiz stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan milliy valutadagi kreditlar uchun — qayta moliyalash stavkasidan oshadigan, lekin 5 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan qismi;
ekvivalenti 10 milliard so‘mdan oshmaydigan xorijiy valutadagi kreditlar uchun — tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 30 foizigacha, lekin 3 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlari qoplanadi;
v) markazlashgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan obektlarning qurilishida import qilinadigan sementdan foydalanish taqiqlanadi;
g) yog‘och-qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini ishlab chiqaruvchilarga aholidan g‘o‘zapoya, qamish, yog‘och chiqindilari kabi xomashyolarni sotib olinishi uchun tijorat banklari tomonidan naqd pul berilishi tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
d) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qurilish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda keyingi yil uchun mo‘ljallanayotgan kapital qurilish va rekonstruksiya ishlari, qurilish materiallariga ichki bozorda bo‘lgan yillik talab to‘g‘risidagi ma'lumotlarni mahsulotlar va hududlar kesimida ommaviy axborot vositalari va o‘z rasmiy veb saytlarida e'lon qilib boradi.
Mavzuga oid
12:15 / 23.06.2026
Namanganda yirik qo‘ychilik klasteri tashkil etilmoqda
10:45 / 12.05.2026
Fermerlar uchun dizel yonilg‘isi bo‘yicha subsidiya joriy etildi
09:57 / 12.05.2026
Paxta va bug‘doy yetishtiruvchilarga yangi moliyaviy imtiyozlar beriladi
22:47 / 14.01.2026