O‘zbekiston | 07:52 / 03.10.2020
5902
1 daqiqa o‘qiladi

42 ming ishsiz fuqaro uchun kasbiy tayyorgarlik bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda 42 ming ishsiz fuqarolar uchun kasbiy tayyorgarlik bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi. Bu haqda 2020-2021 yillarda iqtisodiyotda tarkibiy islohotlarni tiklash va davom ettirish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»da aytilgan.

Bildirilishicha, quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish rejalashtirilgan:

  • 42 ming ishsiz fuqarolar uchun kasbiy tayyorgarlik;
  • ishsizlarga kasb-hunar ta'limi tashkil etish uchun grantlar ajratish;
  • 1 mingta milliy professional standartlarni tasdiqlash.

Bunda tahliliy-axborot va chora-tadbirlar rejasi tayyorlanadi. Unda ishsizlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy tizimini yaratish nazarda tutiladi.

Bajarish muddati - 2020 yil davomida, ijro uchun mas'ullar - Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar. Moliyalashtirish manbasi - 8,2 million dollar (Jahon bankining «O‘zbekistonni ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish» loyihasi bo‘yicha krediti).

Bundan oldin, xorijga ishlash uchun ketgan va ishini yo‘qotgan O‘zbekiston fuqarolariga ish bilan ta'minlash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilishi xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid