Jarqo‘rg‘onda sud xodimiga tan jarohati yetkazilgani holati bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tugatildi. Xodim hech kimga da'vosi yo‘qligini bildirgan
Tergov davomida aniqlanishicha, holat bo‘yicha sud xodimi o‘zining ko‘rsatuvida uni hech kim urib tan jarohati yetkazmagani va hech kimga da'vosi yo‘qligini bildirgan.
Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida sud xodimlariga nisbatan fuqarolar orasida qo‘pollik qilinib, sud xodimi R.Rahimnazarovga yengil tan jarohati yetkazilgani holati bo‘yicha viloyat prokuraturasi tomonidan 2020 yil 14 iyul kuni qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi harakatdan tugatildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati prokuraturasi ma'lum qildi.
Viloyat prokuraturasi tomonidan R.Rahimnazarov yengil tan jarohati olganligi holati yuzasidan yuzlashtirish va boshqa bir qator tergov harakatlari o‘tkazish lozimligi sababli, 2020 yil 14 iyul kuni Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov davomida aniqlanishicha, holat bo‘yicha R.Rahimnazarov o‘zining ko‘rsatuvida uni hech kim urib tan jarohati yetkazmagani va hech kimga da'vosi yo‘qligini bildirgan.
Tergov yakuniga ko‘ra, holat yuzasidan biror-bir shaxsning harakatida jinoyat tarkibi bo‘lmaganligi sababli jinoyat ishi 2020 yil 30 sentabr kuni Jinoyat protsessual kodeksning 83-moddasi 2-qismiga asosan harakatdan tugatilgan.
Ma'lumot uchun, Jinoyat protsessual kodeksning 83-moddasi 2-qismiga ko‘ra, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining qilmishida jinoyat tarkibi bo‘lmasa, u aybsiz deb topiladi va reabilitatsiya etiladi.
Mavzuga oid
17:12 / 08.06.2024
Surxondaryoda sodir bo‘lgan YTHda “Nexia” yonib ketdi
16:03 / 23.07.2023
Surxondaryoda kanalga tushib ketgan Gentra olib chiqildi
12:19 / 25.01.2023
Surxondaryo viloyatining to‘rt tumaniga yangi hokimlar tayinlandi
17:12 / 20.09.2022