Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 9 iyuldagi qarorida harakatlaniş uçun maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan xizmat avtotransport vositalari röyxati ma'lum qilingandi. Bu röyxatga sud tizimi ham kiritilgan.

Biroq, ayrim rahbarlar va vakolatli şaxslar qaror mohiyatini tuşunmay, sud tizimi xodimlari xizmat maşinalari harakatiga tösqinlik qiliş holatlari uçrab turibdi.

Sudyalar oliy kengaşi sudyalar daxlsizligini ta'minlaş böyiça sud inspeksiyasidan ÖzAga ma'lum qilişlariça, 2020 yil 10 iyul kuni soat 08:30 larda Jinoyat işlari böyiça Jarqörğon tumani sudining raisi Ya.Bekkamov hamda haydovçi R.Rahimnazarov şu sudga biriktirilgan «Neksiya-3» rusumli davlat raqami 530 YAA xizmat avtotransport vositasida, Jarqörğon tumani ma'muriy sudining raisi X.Rahimova hamda haydovçisi şu sudga biriktirilgan «Neksiya-3» rusumli davlat raqami 307 VAA xizmat avtotransport vositasida tuman sudi binosi tomon harakatlanib kelayotganida tuman markaziga kiraverişda blokpostda ular töxtatilgan va postdan ötkazilmagan.

Şu vaqtda postda bölgan tuman hokimi Ziyodulla Davlatov boşçiligidagi işçi guruh Vazirlar Mahkamasining maxsus komissiyasi qaroriga zid ravişda, tuman sudi xizmat avtomaşinalarini postdan ötkazmay, xizmat avtomaşinasi daxlsizligini buzib, işga borişga imkoniyat bermay, yöldan ötişga tösqinlik qilib, işçi guruh a'zolaridan bittasi xizmat avtomaşinasining orqa öng eşigini oçib qölidagi uyali aloqa telefoni bilan tasvirga tuşirib, postdan ötiş uçun navbat kutib turgan tirband fuqarolar oldida sudya va sud xodimlarini obrösizlantirişga uringan.

Ularga qöpollik qilib, tuman sudining haydovçisi R.Rahimnazarovni (özining bildirgisidan) yöl patrul xizmati xodimi R.Raimov bilagidan tortib, IIB boşliği B.Xidirov va örinbosari Ş.Azizberdiyev avtomaşina kalitini olib qöyib, uni avtomaşinada ötirgan joyidan kuç işlatib tortib, egnidagi köylagini old kökrak qismini yirtib, sud xodimini tuman IIB binosiga olib kelib, IIB boşliği örinbosari Ş.Azizberdiyev sud xodimini haqoratlab, böynidan böğib, şaxsiy telefon apparatini tortib olib, söngra vaqtinça uşlab turiş hibsxonasiga qamab qöygan.

2020 yil 10 iyuldagi 442-sonli sud-tibbiy tekşiruvi dalolatnomasiga köra, R.Rahimnazarovning badanida qontalaş va şilinma aniqlangan. R.Rahimnazarovning badanida kökrak qafasi öng tomoni, böyin orqa öng tomoni, öng kökrak sohasida qontalaşlar va öng qöl tirsak taşqi yuzasida şilinmalar mavjudligi, uning kökrak qafasi öng tomoni, böyin orqa öng tomoni, öng kökrak sohasidagi qontalaşlari va öng qöl tirsak taşqi yuzasidagi şilinmalari ötmas qattiq jismlarning bir neça martalik zarb va işqalaniş ta'sirida yetkazilgani, oğirlik darajasiga köra yengil tan jarohatlari, deb baholangan.