«Çempion hikoyalari». Fernandeş bolalikdagi kumiri, golni nega bunday nişonlaşi va ğoliblik mentaliteti haqida
|21:10 / 04.10.202011 91513 min
Co‘nggi vaqtlardagi eng omadli transferlar haqida gap ketganda, şubhasiz, köpçilik «Mançester Yunayted»ga kelib, qisqa vaqtda jamoa yetakçisiga aylangan Brunu Fernandeşni esga oladi. U nafaqat özini namoyon qildi, balki jamoani şu darajada kuçaytirdiki, mançesterliklar APLda qatorasiga 14 mağlubiyatsiz öyin ötkazib, 3-örinda yakunlaşga muvaffaq bölişdi. Quyida portugaliyalik yulduzning bolaligiga, uni Brunuga aylantirgan omillarga, futbolçining hissiyotlariga sayr qilamiz.
Foto: The Players' TribuneFoto: The Players' Tribune
«Akamdan boşlaymiz. Uni eslamay turib, mening hikoyam töliq bölmaydi. U - mening akam, undan ham badtari, «Barselona» fanati. Agar qarşi bölmasangiz, u haqida qiziqroq narsa aytib berişim kerak.
Birga ulğayiş juda ajoyib edi. Akam mendan beş yoş katta, har doim bir xonada yaşaganmiz. Yoş bola ekaningda, hammasi zör, töğrimi? Muammolar keyinroq, ulğayayotganingda paydo böladi. 15-16 yoşlarda u örtoqlarini uyga çaqirar, men esa, hamma ukalar qiladigan işni a'lo bahoga bajarardim – jiğiga tegardim.
«Brunu, iltimos, köçaga çiqib öynagin», – derdi u doim.
Xullas, u va mehmon bölib keladigan örtoqlari bahona, köp vaqtim köçada, töpning orqasidan yugurib, ötardi. Boşqa mamlakatlarda qanday bilmadim, Portugaliyada, ayniqsa, Yevro-2004 davrida, buyuk futbolçilar avlodi yetişganida har bir inson futbolga qiziqardi, odamlar futbol bilan yaşaşardi.
Ronaldino öz faoliyatining çöqqisiga çiqqan, Messi va Ronaldu endi porlab kelayotgan yoş futbolçilar edi. Qayerga qaramay, ularning qaysi biri zörligi haqida bahslar qizir, men ham akam bilan faqat şu mavzuda tortişardik. Men doim Kriştianuni tanlaganman. Akam esa Messini derdi.
Bir kuni, Rojdestvo bayramida dadamning oldiga bordik. U Şveytsariyada işlar edi. U paytlarda internet hozirgidek rivojlanmagan, istalgan kiyimni uyda ötirib sotib oliş qiyin edi. Portugaliyada ayniqsa Angliya Premer Ligasi jamoasi libosini topiş yanada muşkul, bölsa ham, nihoyatda qimmat. Şveytsariyada dadam bizni Nike magaziniga olib kirdi va istalgan jamoa libosini tanlaşimizga ruxsat berdi. Tabiiyki, akam «Barselona»ning sariq rangli libosini oldi. Men esa... Men esa, hozir ham aytişim mumkin, didim öşa paytda ham çakki bölmagan – «Mançester Yunayted»ni tanladim.
Öşa formani haligaça eslayman – oq hoşiyasi bor, kök libos, ba'zi yerlarida qizil yöllari bor. Kriştianu tufayli Angliyadagi orzular jamoasi men uçun «Mançester Yunayted» bölgan.
«Brunu, futbol erişiladigan orzu emas, sen öqişga harakat qilişing kerak», – deyişardi öqituvçilar. Men esa, öylardim – «okey, rahmat, demak, yanada köproq futbol bilan şuğullanaman».
Öylaymanki, agar bir orzuing bölsa, u bilan imkon qadar köproq mubtalo bölişing zarur. Va ijodiy fikrlaşing ham kerak. Bolalikda har yerda ham futbol maydonini hosil qila olardik. Yoğoçlardan darvoza ustunlarini qurar, öt ösmagan tuproqli yerlarda ham öynab ketaverardik. Bunday maydonlardagi öyinlar juda asabiy ötardi. Köpinça urişib ketardik.
Mavzuga oid
Qaysidir ma'noda, öşa davrlar mening yaqinda Viktor Lindelyof bilan bölib ötgan tortişuvimizni ifodalaydi. Yevropa Ligasi yarimfinalida biz biroz tortişib qoldik, tabiiyki, bu holat OAV e'tiboridan çetda qolmadi, paşşadan fil yasaşdi. Aslida esa, bu holat mening bolalikdagi oddiy futbol öyinlaridagi voqealardan farq qilmasdi. Portugaliyada hamma şunday futbol öynaydi. Portugaliyada odamlar bir-biri bilan şunday gaplaşişadi. Agar sen nimanidir notöğri qilsang, men darhol aytaman, noroziligimni ifoda qilaman. Men uçun futbol hozir, şu tobda bölib ötayotgan jarayon. Lekin bularning hammasi maydondan taşqariga çiqmaydi. Ertasiga biz yana döstlarmiz, qölimizni siqamiz va yölimizda davom etamiz.
Qölimni köksimga qöyib turib aytaman, menga tanqid yoqadi. Çunki bu senga yanada yaxşiroq bölişga undaydi, böşaştirmaydi. Iştiyoq beradi. Köpçilik öz atrofida laganbardor, yumşoq insonlarni yiğib oladi, ammo men unday emasman. Men öz atrofimda xuddi öşa bolalikdagi maydonçadagi döstlarimdek, menga qattiq gapiradigan, xatolarimni yuzimga aytadigan, qöllari bilan işora qiladigan yaqinlarim bölişini istayman.
«Seni yaxşi köraman, lekin rostini aytganda, bugun gol urişing kerak edi. Yaxşi töp uzatding, ammo bir qator yaxşi vaziyatlarda yomon öynading» – men uyimga kelganimda, mana şunday kutib olişlarini xohlayman.
Ba'zida, hatto qizim Matilda ham e'tirozini bildiradi. U atigi uç yoşda. Uning fikrlari, tanqidi sal boşqaçaroq. Qizim yanayam kiçik ekanida rafiqam ikkalamiz unga öyinçoqlarini yiğiştirib qöyişi kerakligini ayta boşlasak, qöli bilan quloqlarini berkitib, göyoki bizni eşitmayotgandek tutardi – «bla-bla-bla, seni eşitmayapman, dadajon!»
Bu menga juda kulgili tuyulgan va gol urganimda, quloqlarimni berkitib nişonlay boşladim. Matilda meni televizorda körib, bu işni aynan unga bağişlab qilayotganimda payqaşni boşladi. Şuning uçun endi agar, şunday nişonlaşni unutib qöysam, yoki translatsiyada buni körsatmay qolişsa, menda muammolar boşlanadi. Uyga kelişim bilan birinçi eşitadigan gap – «nega unday qilmading, dadajon?» böladi.
Ha-ha-ha, mana şunaqa hayotim.
Men doim örganişim kerak. Har kuni yaxşiroq bölişim, yaxşiroq Brunu bölişga harakat qilişim şart.
Bu mentalitet, bu xarakterni men öz oilamdan meros qilib olganman. Yoşligimda otamni neçta gol urganim, neçta uzatma qilganim qiziqtirmasdi. U doim xatolarimni sanardi, yanada yaxşiroq öynaş uçun qanday kamçiliklarga yöl qöyganimga qarardi.
Esimda, «Boavişta»ning U15 jamoasi tarkibida «Portu»dagi tengqurlarimizga qarşi öynadik. Ular Portugaliyaning eng kuçli jamoasi edi. Öşanda men himoyada töp surdim. Raqib tarkibida katta, tezkor, baquvvat hujumçilar bölişiga qaramasdan, yaxşi öynadim. Biz atigi 0:1 hisobida yutqazdik va öyindan keyin hamma meni tabrikladi. Hatto «Portu» murabbiylaridan biri menga işora qilib, kelajakda yaxşi futbolçi bölişimni ta'kidladi.
Ajoyib kun. Deyarli osmonda uçib yurardim. Ammo otamning fikrlari boşqaçaroq bölib çiqdi: «Ular qanday gol urganini kördingmi? Agar sen töğri pozitsiya tanlaganingda, ularning krossi osongina ötib ketmasdi».
Men öşa gol haqida öylay boşladim. Rostini aytsam, öşa golda iştirokim ham yöq edi, maydonning narigi tarafida edim. Lekin otam şunaqa işonçli gapirdiki, men endi ğam çeka boşladim, vaziyatni tahlil qilişga kirişdim. Şundan söng, har mağlubiyatdan söng, özimdan ayb qidiradigan, siqiladigan böldim. Iştaham böğilardi. Yotoqxonamga kirib olib, ötgan öyin haqida soatlab öylab ötirardim. Şu tariqa, mening mentalitetim paydo böldi. Kim uçundir bu ortiqça tuyular, lekin menga juda zarur xarakter edi bu.
Aynan şu xislat mening «tirik qolişim»da muhim rol öynadi. 14 yo 15ga kirganingda, hammasi özgara boşlaydi. Endi şunçaki, iqtidorli böliş kifoya qilmaydi, şunçaki mehnat bilan ham muvaffaqiyat qozoniş oson emas, endi hamma fazilatlarni özingda jam qilişing kerak. Tom ma'noda futbol bilan yaşaş kerak bölgan davr.
Bir neça yil ötib, çet elga, Italiyaga borib öynagaç, men şu imtihondan ötişimga töğri keldi. 17 yoşimda butunlay boşqa mamlakatga borib qolgandim. Bu yerning tilini bilmas, heç kimni tanimasdim, juda qiyin edi. Şunday paytlar böldiki, hammasiga qöl siltab, ketişga ham yaqin qolardi.
Agar öşanda otam menga öşa xarakterni singdirmaganda, Italiyada öynab ketişimga kuç topa olişimga işonmayman. Agar boşqa otalar singari, u ham menga «bugun sen zör öynading» deb yurganida, men sinovlardan öta olmasdim.
Çunki haqiqiy hayot boşqaça. U yerda hamma ham senga otalik qilmaydi. Haqiqiy hayotda har öyindan keyin senga «zör öynading, qoyil» deb ötirişmaydi. Aksinça, doim seni tanqid qiladigan, yetarliça yaxşi emasligingni aytuvçilar topiladi. Bu futbol. Sen bu gaplarni kulib turib qabul qilişing, kerakli tanqidlardan xulosa çiqarib, özingga motivatsiya olişing kerak.
Oilam menga doim haqiqatni aytgan. Juda qiyin paytlarimda ham ular «Brunu, sen mağlub bölmasliging kerak, axir bu sening orzuing, oxirigaça borişing kerak» deb turişardi. Bu sözlar men uçun juda qadrli bölgan. Şuning uçun ham yölimda davom etaverdim. Yillar ötib esa, ajoyib voqea böldi.
2017 yilning 28 avgusti. Bu sanani heç qaçon unutmayman. Men Portugaliya terma jamoasi tarkibiga çaqirildim. Jahon çempionati saralaş doirasidagi Farer orollariga qarşi öyinga. Har qanday holatda ham, öz yurting libosida harakat qiliş – şaraf.
Tasavvur qiling... 13 yil oldin men 9 yoşli bolakay, yuzimni böyab olgan, qölimda Portugaliya bayroğini uşlab, oilam bilan şahar markaziga borgandim, Gretsiyaga qarşi final öyinini tomoşa qilgandik.
Kriştianu öşanda endi sahnaga çiqayotgandi. Butun Portugaliya yaxşi eslaydigan palla. Ayniqsa, sen yoş bola bölsang, hammasi boşqaça muhim, kattaroq ahamiyat kasb etadi. Öşanda greklarga yutqazgan bölsak-da, köproq öyindan keyin, futbolçilarning köz yoşlari yodimda qolgan.
Ana endi, 13 yil ötib, milliy jamoamizning kiyim almaştiriş xonasidaman. Kriştianu kirib kelganida esa, umuman hayajonlanib ketdim, uyatdan gapira olmay qoldim. Asabiylaşdim.
Men Kriştianu va boşqa kuçli futbolçilar bilan birga öynayotganimdan faxrlanaman, balkim, qayerdadir ön yoşli bolakaylar öz şaharçalaridan turib, bizni kuzatayotgandir, balkim «men heç qaçon Brunudek böla olmayman» deyayotgandir. Men ularga öz hikoyamni aytib bergim, «qara, Kriştianu ham bir paytlar menga şu qadar uzoq edi, hozir ikkovimizni birga tomoşa qilyapsan», degim keladi.
«Mançester Yunayted» bilan şartnoma esa, bu orzularning çöqqisi böldi. Agentim bu iş haqiqatga yaqin ekanini aytganida, darhol öşa Şveytsariyani, akam bilan forma tanlaganimizni esladim. Ammo bu ikki voqea örtasida şu qadar köp voqealar, qiyin sinovlar böldiki, men va oilamdan boşqa heç kim bilmaydi.
Barçasi aniq bölişi bilan birinçi bölib, rafiqam va qizimga aytdim. Keyin özimni boşqara olmay qoldim, yiğlab yubordim. Quvonç köz yoşlari, baxt köz yoşlari oqa boşladi. Xotiralar jonlandi.
Italiyadan turib, u paytda xotinimga, u paytda sevgan qizim edi, telefon qilganim, qiynalayotganimni, uyga qaytmoqçi ekanimni aytganim. U esa, «yöq, aslo, bu sening orzuing, yarim yölda qolma» degandi.
Keyin akamga qönğiroq qilib, Mançester haqida aytdim. Yana yiğladim.
Bizning bolalikdagi bahslarimiz, tarixdagi eng kuçli futbolçi kim ekani haqidagi, «Yunayted» endi kimni sotib olişi kerakligi haqidagi uzoq suhbatlarimiz... Menimça, u ham menga qöşilib yiğlayotgandi.
Albatta, otamga ham qönğiroq qildim. Meni şunday qilib tarbiyalagan, mening orzuim sari yetaklagan, oilamiz uçun hammasidan keçib, çet elga pul topiş uçun ketgan otamga. Bilasizmi, u ham yiğladi.
Heç qanday tanqid bölmadi bu safar. Biror izoh ham qöşmadi. Men faqat uning, yonida turgan onamning, singlimning yiğisini eşitdim. Köz yoşlarning ham ovozi bölar ekan.
Ana endi, «Yunayted»da öynay boşlaganimda, otam meni sal ayay boşladi. Endi öyinlardan söng, menga bir kun vaqt beradi, ana undan keyin fikrlarini yozib jönatadi. 24 soat xotirjamlikka ega böldim nihoyat. Tanqidlarni qabul qiliş, özimni ayblaşdan xoli bölgan 24 soat...
Balki bir kun kelib, jahon çempionatini ham yutsam, nihoyat balki, otam yanada yumşar, öyinlardan keyin 48 soat vaqt berar, ikki kunlik xotirjamlik ham nasib qilar...
Gol urganda quloğimga qölimni qöyiş esimdan çiqmasa, albatta...»