O‘zbekiston | 21:04 / 05.10.2020
4989
3 daqiqa o‘qiladi

Jalaquduq hokimi tumanni “qizil hudud”dan chiqarishga va'da berdi

Tuman hokimi Hikmatillo Latipovning ma'lum qilishicha, Jalaquduq tumanini “qoniqarsiz” hududdan chiqarish, tumanning 2020 yil yakuniga qadar rivojlanishini belgilash bo‘yicha aniq manzilli chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Bugun, 5 oktabr kuni Jalaquduq tumani Kengashi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda ishtirok etgan Kun.uz muxbirining xabar berishicha, sessiyada hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar xalq deputatlari o‘rtasida muhokama qilindi. 

Jamoatchilik vakillari, OAV xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan mazkur sessiyada to‘rtta sektor rahbarlari yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun prezidentdan va tuman aholisidan uzr so‘radi. Shu bilan birga, kechiktirib bo‘lmas masalalarga bog‘liq kamchiliklarni bartaraf etish uchun “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilganligi va bu boradagi ishlar bugundan amalga oshirilishi bo‘yicha axborot berildi.

O‘zbekiston prezidentining “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan mas'ul etib belgilangan Komissiya tomonidan o‘tkazilgan 2019 yil tahillariga ko‘ra quyidagi omillar tumanning “qizil” hududga tushib qolishiga sabab bo‘lgan:

- aholi turmush darajasining o‘sib borishi va ularning bandligini ta'minlash darajasi sustligi;

- hududda yirik sanoat korxonalarining yo‘qligi yoki mavjudlari to‘la quvvat bilan ishlamasligi;

- xizmat ko‘rsatish va servis sohasida ishlar manzilli tashkil etilmaganligi;

- investitsiyalar jalb qilish va tadbirkorlikni rivojlantirishda oqsoqlikka yo‘l qo‘yilgani;

- aholining ishsizlik darajasi yil boshiga 13,5 foizni tashkil etishi.

Tuman hokimi Hikmatillo Latipovning ma'lum qilishicha, Jalaquduq tumanini “qoniqarsiz” hududdan chiqarish, tumanning 2020 yil yakuniga qadar rivojlanishini belgilash bo‘yicha aniq manzilli chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Investitsiya dasturiga kiritilgan umumiy qiymati 94,1 mlrd so‘mlik 14ta sanoat loyihasi yil yakuniga qadar ishga tushirilishi evaziga ko‘shimcha 219 mlrd 566 mln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqariladi. Natijada 1752ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Tumanda umumiy qiymati 13 mlrd 900 mln so‘mlik 53ta loyiha ishga tushirilishi evaziga ko‘shimcha 595 mlrd 624 mln so‘mlik xizmatlar amalga oshiriladi. Qo‘shimcha 452 ta yangi ish o‘rni tashkil etiladi.

Mavzuga oid