2024 yil 13-14 iyul kunlari kuçli yoğingarçilik oqibatida yuzaga kelgan sel oqibatida Andijon viloyati Xöjaobod va Jalaquduq tumanlari örtasidagi Yorqişloq qişloğida soy ustiga qurilgan köprik qulab tuşgandi.

Mahalliy aholi köprik qayta tiklanmayotgani, yoğingarçilik va qiş kunlari boşlansa, vaqtinçalik köprikda yurib bölmay qolişidan xavotirlanib, bir neça bor Kun.uz'ga murojaat qilib çiqdi.

Qulab tuşgan köprik. Foto: Andijon viloyati hokimligi

Andijon viloyat hokimligi bir neça marta quriliş işlari davom etayotganini bildirgan edi.

28 noyabrga kelib, Andijon viloyati avtomobil yöllari boş boşqarmasi holat yuzasidan qöşimça ma’lumot berdi.

Ma’lum bölişiça, Oqböyrasoy ustidan ötgan köprik 1974 yilda qurilgan bölib, uzunligi 42,7 metr va eni 10 metrni taşkil etgan. Ayni vaqtda obekt Jalaquduq tumani hokimining 2024 yil 18 iyul kundagi 280-1-21-Q/24- sonli qaroriga asosan 2024 yil “Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etiş” dasturi doirasida ta’mirlanmoqda.

“Mazkur köprik qurilişiga boş pudratçi etib “Özyölköprik” klasteri Andijon filiali tayinlangan. Loyiha-smeta hujjatlari “Yöl loyiha byurosi” MÇJ tomonidan tayyorlangan va 2024 yil 27 sentabr kuni ekspertiza xulosasi olingan. Xulosaga asosan, obektning qiymati 10 mlrd 997 mln sömni taşkil etib, joriy yilga 6 mlrd söm ajratilgan. Hozirga qadar obektda 5 mlrd sömlik işlar bajarilgan. Köprikning yuk kötariş qobiliyati 70 tonna bölib, eni 14 metr, uzunligi 50 metrni taşkil etadi”, – deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, transport vositalari va piyodalarning harakat xavfsizligini ta’minlaş va aholiga qulaylik yaratiş maqsadida qöşimça qatnov yöli işga tuşirilgan.