Andijon viloyati Jalaquduq tumani sudida fuqarolarning maşinalarini ijaraga olib, ularni yöqotiş bilan şuğullangan yirik jinoiy guruh ustidan sud boşlandi.

Ma’lum bölişiça, jinoiy guruh a’zolari 60 taça maşinani firibgarlik yöli bilan ijaraga olib, söng ehtiyot qismlarga bölib, yöq qilib yuborgan.

Tergov vaqtida faqatgina 15 taça maşina topilib, jarima maydoniga qöyilgan. Topilgan maşinalarning deyarli barçasi nosoz holda bölgani, köplab ehtiyot qismlari yeçib olingani, örniga yaroqsizlari örnatib qöyilgani aytilmoqda.

Kun.uz bilan boğlangan jabrlanuvçilardan biri Nexia-3 avtomobilini ijaraga berganini, ammo qaytarib ololmaganini ma’lum qildi.

“Biz Muhammadyunus degan odamga ijaraga berganmiz. U Rustam degan odamga bergan, Rustam esa Namanganga, Jalolxon qassob deganiga olib borib bergan, tergovda şunday körsatmalar berildi. Lekin sudda ular bir birimizni tanimaymiz deyişmoqda”, deydi jabrlanuvçi.

Sud majlislari onlayn jadvalida körinişiça, sudlanuvçilar 14 kişini taşkil etadi. Ular quyidagilar:

  • Ortiqov Nizomiddin
  • Mirzayev Şoyodbek
  • Dehqonov Valijon
  • Şamsuddinov Sayfiddin
  • Ermatov Rahimjon
  • Urunbayev Rustamjon
  • Xolberdiyev Muzaffar
  • Sodiqov Umidbek
  • Mirzayev Maş’albek
  • Valiyev Muhammadyunus
  • Qahhorov Jaloliddin
  • Tursunov Dilşod
  • Muxtorov Usmonbek
  • Yunusov Botirjon.

Yuqorida ism-şariflari keltirilgan şaxslar Jinoyat kodeksining 168-modda 4-qismi “a” va “v” bandlari (uyuşgan guruh tomonidan juda köp miqdorda firibgarlik), 171-modda 3-qismi “a” va “b” bandlari, (jinoiy yöl bilan topilgan mulkni oliş yoki ötkaziş), 227-modda 2-qismi “a” bandida (avtomototransport vositalarining davlat raqam belgilarini nobud qiliş, ularga şikast yetkaziş yoki yaşiriş) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Jinoyat işida 57 nafar jabrlanuvçi bor.