Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi raisi Najmiddinxöja Şaripov «Özbekiston temir yöllari» AJga bir qator savollar bilan murojaat qildi.

Najmiddinxöja Şaripov

«Özbekiston temir yöllari» AJ tomonidan qanday tariflar qöllanmoqda? Bu borada köp savollar bor. Tariflarni qöşni davlatlar bilan taqqoslagan holatlar ham köp böladi va bizning tariflarimiz qimmat degan xulosa keladi.

Şu nuqtayi nazardan aytiş mumkinki, bizning temir yöl tizimimizda qöllanayotgan tarif 90-yillarda işlab çiqilib, 2000 yilda tasdiqlangan narxnomaga binoan amalga oşiriladi.

Narxni oşiriş va tuşiriş kerak bölsa, öşa narxnomaga asosan, koeffitsiyentlar qöllab kelinmoqda. Öylaymanki, narxnomani qaytadan körib çiqiş kerak. 20 yil oldin qabul qilingan narxnoma bugungi kun talabiga qançalik javob beradi?», deya Najmiddinxöja Şaripovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

«Özbekiston temir yöllari» AJ boşqarma boşliği Umidulla Ibragimovning qayd etişiça, hozirgi kunda eksport tariflari ham mahalliy yuklarning taşuv narxiga tenglaştirilgan. Moliya vazirligi bilan birga tariflarni qayta körib çiqiş işlari amalga ham oşirilmoqda. Olimlar va xalqaro tajribaga ega mutaxassislar jalb qilingan holda vaziyat örganilmoqda. Eng asosiysi, hozirgi kunda tariflardan tuşadigan mablağlar «Özbekiston temir yöllari»ning yölovçi taşiş tizimida subsidiya tarzida işlatiladi.

Tadbirda Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qömitasi va Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi örganişlariga köra, temiryöl tizimida qator kamçiliklar aniqlangani ma'lum qilindi.

Tahlillar içki bozorda raqobat mavjud emasligi tufayli «Özbekiston temir yöllari» AJ xizmatlar sifatini oşiriş va moslaşuvçan tarif siyosatini qöllaşdan manfaatdor emasligini körsatgan.

Taşkilot tomonidan bugungi kunda mijozlar uçun nihoyatda köp qulaylik yaratadigan raqamli mahsulotlarni qöllaş tizimi sust taşkil etilgan.

«Özbekiston temir yöllari» AJ inventar parkining eskiriş darajasi yuqori bölib, vagonlar yetişmaydi, mavjud barça vagonlarning 80 foizdan köproği 30 yildan köproq vaqt davomida foydalanilmoqda.