Özbekistonda narx-navo barqarorligini saqlaş uçun inflatsiyaning taklif bilan boğliq fundamental omillarini bartaraf etiş kerak. Bu haqda Markaziy bank raisi Timur Işmetov 24 oktyabr kungi matbuot anjumanida aytib ötdi.

Uning sözlariga köra, inflatsiyaning tub omillarini bartaraf etiş, jumladan, quyidagilarni taqozo qiladi:

  • içki bozorda raqobat muhitini kuçaytiriş;
  • tarif va notarif çeklovlarni kamaytirib boriş bilan taşqi savdo erkinligini yaxşilaş;
  • tovarlar importida konsentratsiyalaşuv darajasini pasaytiriş;
  • tovar va xizmatlar taklifini oşiriş uçun energiya resurslarini yetkazib beriş uzluksizligini ta’minlaş;
  • yetarli darajada transport infratuzilmasi potensialini şakllantiriş.

Şu bilan birga, davlat korxonalarini transformatsiya qiliş va xususiylaştiriş jarayonlarini faollaştiriş, direktiv va imtiyozli kreditlaş amaliyotini kamaytiriş zarur.

Kapital bozorini takomillaştirib boriş ham pul-kredit siyosati qarorlari samaradorligini oşirişda muhim örin tutadi.

“Uşbu tarkibiy islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oşirilişi iqtisodiyot tarmoqlari salohiyati va unumdorligini oşirişi orqali inflatsiyaning past va barqaror şakllanişi hamda yuqori iqtisodiy ösişni ta’minlaş imkonini beradi”, – dedi Timur Işmetov.

Markaziy bank 2025 yil yakuniga inflatsiya 8 foiz atrofida şakllanişini kutmoqda.