Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kommunal xizmatlar bo‘yicha noto‘g‘ri hisoblangan 20 mlrd so‘m fuqarolarga qaytarildi
Elektr energiyasi sohasida – 5,5 mlrd so‘mga yaqin, tabiiy gaz sohasida – 7,5 mlrd so‘mga yaqin, ichimlik suv ta’minoti sohasida – 2,5 mlrd so‘mga yaqin, issiqlik ta’minoti sohasida – 4,5 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ortiqcha undirilgani aniqlandi.
2025 yil dastlabki 6 oyi davomida tabiiy monopoliya sub’yektlari tomonidan ortiqcha hisoblangan 20 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ 48 mingdan ortiq jismoniy va 100 dan ortiq yuridik iste’molchilarga qaytarildi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi.
Jumladan, elektr energiyasi sohasida – 5,5 mlrd so‘mga yaqin, tabiiy gaz sohasida – 7,5 mlrd so‘mga yaqin, ichimlik suv ta’minoti sohasida – 2,5 mlrd so‘mga yaqin, issiqlik ta’minoti sohasida – 4,5 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ortiqcha undirilgan.
Qayd qilinishicha, Samarqand viloyatida Ishsizlarni kasb-hunarga o‘rgatish markazi murojaatiga ko‘ra, «Samarqand suv ta’minoti» korxonasi tomonidan ichimlik suvi uchun asossiz undirilgan 263 million so‘m mablag‘ qayta hisob-kitob qilingan.
Qoraqalpog‘istonda Xoji Karimov fermer xo‘jaligiga «Hududiy elektr tarmoqlari» korxonasi Beruniy tumani filiali tomonidan 86 million so‘mdan ortiq mablag‘ qaytarilgan.
«Qoraqalpog‘iston suv ta’minoti» korxonasidan Nukus tumanlararo xo‘jalik sudi qarori bilan 48 mingdan ortiq iste’molchiga 2 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ undirilgan.
Navoiy viloyatida Karmana tumanlararo xo‘jalik sudi qarori bilan «Hududgaz» Navoiy filiali tomonidan «Issiqlik manbai» korxonasiga 1,6 million kub metrdan ortiq gaz uchun asossiz undirilgan salkam 2,5 milliard so‘m qaytarilgan.
Mavzuga oid
22:47 / 14.01.2026
Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarishning klaster tizimi joriy etiladi
12:22 / 13.01.2026
Antimonopolistik choralar fonida propan narxi sezilarli darajada arzonlashdi
09:32 / 12.01.2026
Raqobat qo‘mitasi gaz narxlarini asossiz oshirish alomatlari bo‘yicha ish qo‘zg‘atdi
12:02 / 11.01.2026