Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda davlat xizmatchilariga qarindoshlarini ishga qabul qilishi taqiqlandi
Nomzodlar tashkilotda ishlaydigan qarindoshlari haqida rahbariyatni yozma ravishda xabardor qilishlari shart.
Foto : liter.kz
Qozog‘istonda davlat xizmatiga nomzodlar qarindoshlari haqida rahbariyatni xabardor qilishlari kerak bo‘ladi, deb yozmoqda zakon.kz.
Qayd etilishicha, bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi raisining birinchi o‘rinbosari Oljas Bektenov ma'lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yozma ravishda amalga oshiriladi.
Davlat xizmatiga yoki davlat ishi va unga tenglashtirilgan funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq lavozimga nomzod bo‘lgan shaxslar uchun ushbu tashkilotda ishlaydigan yaqin qarindoshlari, turmush o‘rtoqlari to‘g‘risida tashkilot rahbariyatiga yozma ravishda xabar berish majburiyati joriy etiladi.
Qozog‘istonning «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonuni va boshqa bir qator qonunlarda davlat funksiyalarini bajarishga vakolatli shaxslar va ularga tenglashtirilganlar nafaqat yaqin qarindoshlari, turmush o‘rtoqlari egallab turgan lavozimlarga bevosita bo‘ysunadigan lavozimlarni egallashi, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunuvida yaqin qarindoshlari, turmush o‘rtoqlari ishlashi mumkin emasligi belgilab qo‘yilgan.
Mavzuga oid
19:54 / 21.01.2026
Andijon viloyati hokimining 7 yilga qamalgan sobiq o‘rinbosari Botirjon Hamroyev ozodlikka chiqdi
08:36 / 21.01.2026
Toshkent shahar hokimining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari tayinlanadi
18:45 / 15.01.2026
O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi nima qilmoqchi? Yangi choralar tasdiqlandi
19:16 / 14.01.2026