Yuqoridagi mulohazalar bilan, Farg‘ona viloyatiga safarimizda sobiq Milliy xavfsizlik xizmatining iste'fodagi xodimi, kapitan M. G‘. bilan uchrashishga jazm etdik.

17 yil mobaynida tizimda operativ xodim sifatida faoliyat olib borgan ayol 2009 yilda Farg‘ona viloyati harbiy sudi hukmi bilan 7 yilga ozodlikdan mahrum qilinadi. U 2015 yil fevralida ozodlikka chiqarilgan.

Zangiotadagi ayollar koloniyasida tuhmat bilan uyushtirilgan jazo muddatini o‘tar ekan, 2014 yil sentyabrda 4 farzandining 3 nafarini harbiy qilib voyaga yetkazgan onasi adolatsizliklarga chiday olmay hayotdan ko‘z yumdi. M. G‘.ning birgina farzandi bo‘lmish qizining bolaligi esa onasiz o‘tdi. Iste'fodagi xodim Kun.uz muxbiri bilan suhbatda achchiq qismatini hikoya qilib berdi.

Uning aytishicha, OAVga murojaat qilishdan maqsadi – boshidan o‘tganlarini so‘zlab berish, shu bilan kelgusida bunday achchiq qismatlar takrorlanishining oldini olishga hissa qo‘shishdir. Bundan tashqari, oqlanganidan keyin yetkazilgan moddiy va ma'naviy zararning to‘lanishi, unga ajratilgan xizmat uyini qaytarib olishda duch kelayotgan muammolarni jamoatchilik e'tiboriga olib chiqishdan iborat.

Ta'kidlash kerak, suhbatimiz 40 daqiqa davom etdi. Biz, tomoshabin qimmatli vaqtini ayagan holda suhbatning eng muhim qismlarini qo‘yishga qaror qildik.

«Men 17 yil MXXda operativ xodim lavozimida ishlaganman. Kapitan harbiy unvonida, 2009 yilda pensiyaga chiqqanman. O‘sha vaqtdagi boshlig‘imning shaxsiy adovati qurboni bo‘ldim. Uning buyrug‘i, buyurtmasi bilan uyimda noqonuniy tintuv o‘tkazilib, diniy mazmundagi kasseta tashlandi. Shu bahona bilan menga JKning bir necha moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, 2009 yilda 7 yilga ozodlikdan mahrum qilishdi», – deydi MXX zobiti.

Jinoyat kodeksining 156-, 159-, 301-moddalari bilan ayblangan M.G‘. 5,5 yil Zangiotadagi ayollar koloniyasida jazo muddatini o‘tagach, 2015 yilda amnistiya bilan ozodlikka chiqarilgan.

«Xudodan so‘rab olgan yolg‘iz farzandim yetimlikda katta bo‘ldi. 3 farzandini harbiy qilib voyaga yetkazgan onam 2014 yil 2 sentyabrda vafot etdi. Men-ku haqiqatni qaror toptirdim, biroq onamni menga hech kim qaytarib bera olmaydi. Men bir umr armon bilan o‘tishim kerak»,