Sobiq Milliy xavfsizlik xizmatining binosi örnida qurilişi rejalaştirilgan Radisson mehmonxonasning loyiha qiymati 100 mln dollarga baholanmoqda. Bu – hukumatning “2024 yil I çoragiga möljallangan investitsiya dasturini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida közda tutilgan.

Ötgan asrning 50-yillarida qurilgan sobiq MXX binosi buziş ötgan yili boşlangan edi. Dastlab bino Içki işlar vazirligi markaziy şahar poliklinikasi bölgan. Keyinroq Özbekiston SSR Davlat xavfsizlik qömitasi binosiga aylangan, söngra Milliy xavfsizlik xizmati binosi bölgan. 2018 yilda MXX Davlat xavfsizlik xizmatiga özgartirilgan va yangi joyga köçirilgan.

Poytaxtning Yunusobod tumani Sayilgoh köçasidagi 2,2 gektar maydonda joylaşgan uşbu inshoot 2021 yil yoziga qadar Moddiy madaniy merosning köçmas mulk obektlari milliy röyxatida bölgan.

Bino 2021 yil iyunda “Metropol Group” MÇJ tomonidan 210 mlrd sömga sotib olingandi. Bu kompaniyaning 100 foizi uluşi öşa vaqtda ham, hozirda ham sobiq taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilovning öğli Doniyor Komilovga tegişli ekani körsatilgan.

2023 yilning bahorida Radisson Hotel Group kompaniyasi Metropol Group bilan mazkur bino örnida 4 ta binodan iborat, asosiy va eng balandi 22 qavat böladigan, 164 xonaga ega mehmonxona quriş böyiça bitim imzolagani ma’lum böldi. Uning foydalanişga topşirilişi 2026 yilga möljal qilingan.