Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXShT Armaniston hududiga hujum qilinishi holatida Yerevanga yordam berishga tayyorligini tasdiqladi
Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasidagi ixtilofda Armaniston hududiga zarba berilgudek bo‘lsa, Yerevanga yordam beradi. Buni KXShT bosh kotibi Stanislav Zas tasdiqladi.
Zasning ta'kidlashicha, buning uchun Yerevandan tegishli murojaat kelib tushishi kerak. Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Moskva KXShT bo‘yicha majburiyatlari doirasida Armanistonni himoyalashi mumkinligini aytgan, biroq Tog‘li Qorabog‘ni emas.
“Bizda tegishli mexanizmlar ko‘zda tutilgan va tashkilotga a'zo istalgan davlatimiz yordam so‘rashi mumkin. Men vaziyat bungacha bormasligiga ishonchim komil. O‘ylashimcha, bunday qilmaslik uchun o‘z xalqi oldida mas'uliyat va teran aql yetarlilik qiladi”, deb aytgan Zas RT telekanaliga bergan intervyusida.
U Tog‘li Qorabog‘dagi ixtilofda xorijiy jangarilar ishtirok etayotgan bo‘lishi mumkinligini va ularning sonini ayni vaqtda baholay olmasligini aytgan. “Men hozirda ixtilof hududiga jangarilar tashlanishi ko‘lami va buning tashkillashtirilishi haqida baholashim qiyin. Ko‘rinishicha, ular u yerda bor”, deb ta'kidlab o‘tgan KXShT bosh kotibi.
Zas ixtilofda boshqa davlatlarning ishtirok etishi vaziyatni hal qilish foydasiga xizmat qilmasligini aytgan. “Agar Turkiya ixtilofda YeXHTning Minsk guruhi doirasida harakat qilayotgan bo‘lsa, u bunga to‘liq haqli. Agar u belgilangan doiradan tashqariga chiqayotgan bo‘lsa, biz buni va boshqa davlatlarning ham bunday qilishini yoqlamaymiz”, deb ta'kidlab o‘tgan Zas.
8 oktyabrda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Armaniston va Ozarboyjonni Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirgan. U Armaniston KXShT a'zosi hisoblanishini, Rossiya esa ushbu shartnoma doirasida o‘z majburiyatlarini “bajargani, bajarib kelayotgani va kelgusida ham bajarishini” eslatib o‘tgan.
Mavzuga oid
09:45 / 15.06.2026
Armaniston sobiq prezidentiga mamlakatdan chiqish taqiqlandi
15:04 / 13.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Nikol Pashinyanni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
10:45 / 13.06.2026
Armanistonda saylov ovozlari qayta sanaldi
16:23 / 11.06.2026