Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazm viloyati hokimi Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi
Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov Ukrainaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Nikolay Doroshenko bilan uchrashdi.
Foto: Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati
Uchrashuvda O‘zbekiston va Ukraina aloqalarining mustahkamlanib borayotgani, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiya hamkorligi rivojlanishiga xizmat qilayotgani ta'kidlandi. Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda mamlakatlar o‘rtasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, chorvachilik, sanoat va boshqa bir qator sohalar bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Ukraina bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsion aloqalarni yanada rivojlantirish, qo‘shma korxonalar tashkil etish hamda aviatsiya sohasi uchun malakali mutaxassislar tayyorlash borasida fikr-mulohazalar bo‘ldi.

Nikolay Doroshenko tariximiz bilan yaqindan tanishish maqsadida Xiva shahriga ham tashrif buyurdi.
Mavzuga oid
01:42 / 16.05.2026
“Rossiya Ukraina rahbariyatini yo‘q qilmoqchi” - Zelenskiy
08:42 / 15.05.2026
Kiyevga yirik hujum: kamida 21 kishi halok bo‘ldi
22:20 / 14.05.2026
Zelenskiy Rossiyaning eng keng ko‘lamli hujumiga javob tayyorlashni buyurdi
08:55 / 14.05.2026