Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh O‘zbekistonga COVID-19’ga qarshi kurashish uchun qo‘shimcha tibbiy jihozlarni yetkazib berdi
AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) orqali O‘zbekistonga COVID-19’ga qarshi kurashish harakatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 2,23 million dollarlik tibbiy jihozlar yetkazib berdi.

Laboratoriya uskunalari va 100 mingta test o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan reagentlarni o‘z ichiga olgan ushbu materiallar mamlakatning COVID-19 ni aniqlash uchun xavfsiz va tezkor sinov o‘tkazish salohiyatini sezilarli darajada oshirishi kutilmoqda.
“COVID-19 nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda odamlarning kundalik hayoti va yashash tarziga tahdid bo‘lib qolmoqda. Ushbu virus hech kimni chetlab o‘tmadi — o‘zimiz, yaqinlarimiz, qo‘ni-qo‘shnilarimiz, do‘stlarimiz, hamkasblarimizga ta'sir qildi. Yo‘qotgan har bir kishimiz, yopilgan har bir korxona va uning oqibatida jabrlangan odamlar uchun ham biz virusga qarshi kurashishni davom ettirishimiz zarur. Bu kurashda biz hammamiz birgamiz”, - dedi AQSh elchixonasida missiya boshlig‘i o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Aleksis Sallivan.
Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh hukumati o‘zbekistonlik hamkorlari bilan mamlakatda xalq salomatligi va farovonligini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash uchun yaqindan hamkorlik qilish tamoyiliga sodiq qoladi.
Keltirilgan jihozlar AQSh hukumatining O‘zbekistonga COVID-19’ga qarshi kurashda ko‘rsatayotgan yordamining bir qismidir. Shu kungacha AQSh hukumati O‘zbekistonga COVID-19’ga qarshi kurashishda yordam berish uchun 8,8 million AQSh dollari ajratdi.
Sentabr oyida USAID O‘zbekistonga 200ta sun'iy nafas berish apparatini taqdim etgan edi. USAID O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa hamkorlari bilan ushbu moslamalarni butun mamlakat bo‘ylab sog‘liqni saqlash muassasalariga tarqatishda yaqindan hamkorlik qildi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Suriyada badaviylar va druzlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar oqibatida o‘nlab odamlar halok bo‘ldi
Jahon | 20:21
-
Rossiya sudi yozuvchi Boris Akuninni sirtdan 14 yillik qamoqqa hukm qildi
Jahon | 20:19
-
Interpol qidiruvida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini AQShda qo‘lga oldi
Jamiyat | 20:02
-
5 daqiqalik budjet odatlari: oila bilan pulni boshqarishni o‘rganamiz
Iqtisodiyot | 19:54
Mavzuga oid

20:02
Interpol qidiruvida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini AQShda qo‘lga oldi

19:14
Avstraliyada 19 ta davlat ishtirokida yirik harbiy o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi

19:03
Putin Trampga Rossiya yaqin orada Ukrainadagi hujumlarini kuchaytirishini aytdi – OAV

15:52