Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bishkekdagi tartibsizliklar vaqtida bosh vazir o‘rinbosarligiga nomzod Toktogaziyev jarohatlandi
Avvalroq Bishkekda sobiq prezident Almazbek Atamboyev va yangi bosh vazir Sadir Japarov tarafdorlari o‘rtasida to‘qnashuv yuz bergani aytilgandi.
Tarafdorlari tomonidan bosh vazir o‘rinbosarligiga nomzodi ilgari surilgan Tilek Toktogaziyev Bishkekdagi miting vaqtida yaralandi. Bu haqda deputat Elvira Surabaldiyeva ma'lum qildi.
"Tilek kasalxonada hushsiz holda yotibdi", - deb yozdi u Twitter sahifasida.
Avvalroq Bishkekda sobiq prezident Almazbek Atamboyev va bosh vazirlikka yana bir nomzod Sadir Japarov tarafdorlari o‘rtasida to‘qnashuv yuz bergani aytilgandi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, to‘qnashuvlar vaqtida Toktogaziyev yaralangan.
5 oktabr kuni Bishkekda hukumatni qo‘llab-quvvatlovchi ikki partiya g‘olib chiqqan parlament saylovlari natijalariga qarshi namoyishlar boshlandi. Namoyishlar tartibsizliklar va politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketdi. Bir necha yuz kishi jarohat oldi, bir kishi halok bo‘ldi.
Mamlakat prezidenti Sooronbay Jeenbekovning farmoni bilan Qirg‘iziston poytaxtida favqulodda holat joriy etildi.
Mavzuga oid
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026
O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida yangi post ochildi
20:10 / 25.05.2026