Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina oliy sudi Zelenskiyga xizmat vaqtida ukrain tilida gapirish majburiyatini yukladi
Da'vo 2019 yil may oyi oxirlarida Vladimir Zelenskiy internet-arboblari forumi qatnashchilari bilan rus tilida so‘zlashgani uchun huquq himoyachisi Sergey Melnichuk tomonidan kiritilgandi.
Ukraina oliy sudi mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida ukrain tilida muloqot qilishi to‘g‘risida qaror chiqardi. Bu haqda sud matbuot xizmati xabar berdi.
"Da'vogarning apellyatsion shikoyatini ko‘rib chiqqan oliy sud katta palatasi Ukraina prezidenti xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida davlat tilida muloqot qilishga majburligini bildiradi ", - deyiladi sud qarorida.
Da'vo 2019 yil may oyi oxirlarida Vladimir Zelenskiy internet-arboblari forumi qatnashchilari bilan rus tilida so‘zlashgani uchun huquq himoyachisi Sergey Melnichuk tomonidan kiritilgandi.
Birinchi instansiya sudi da'vo talablarini "asossiz" deb topgandi.
O‘z navbatida oliy sud birinchi instansiya sudi protsessual huquq normalarini buzgan deb topdi.