Volvo chap rulli mashinani o‘ng rulliga aylantiruvchi texnologiyani ishlab chiqdi
Volvo kompaniyasi avtomobilning rulini chapdan o‘ngga va aksincha o‘zgartirishga imkon beradigan tizimni patentlashtirdi.

Foto: Depositphotos
Volvo’ning elektron boshqariluvchi suriluvchi rulli tizimi yarim avtonom avtomobil uchun ishlab chiqilgan. Patentga ilova qilingan suratlarda texnologiya rulning maxsus relslarga o‘rnatilishini ko‘zda tutishini ko‘rish mumkin. Rul kichik o‘lchamdagi asboblar paneli bilan birga ushbu relslar bo‘yicha harakatlantiriladi. Avtomobilning chap va o‘ng tomoni hamda markazida uchta monitor joylashgan bo‘lib, ular asosiy asboblar paneli vazifasini bajarishi mumkin.
Volvo has filed a patent for a sliding steering wheel that will allow for both left- and right-hand-drive configurations.
— Nsako Mthethwa (@NsakoMthethwa) October 9, 2020
So what the steering does is to slode from one side of the car to the other.
Will this work or it's another blunder? pic.twitter.com/Vjg6cQStW1
Tezlik va tormoz tepkilarini joylashtirish masalasini ulardan voz kechib, ularning o‘rniga o‘rindiqlar oldida polda bosish kuchiga ta'sirchan tormoz va tezlik datchiklarini o‘rnatish taklif qilinmoqda. Ushbu datchiklar rulning holatiga qarab faollashadi.
Ta'kidlab o‘tib joiz, chap tomondan o‘ng tomonga harakatlanuvchi rul g‘oyasi yangi emas. Bunday tizim bilan Mercedes-Benz Unimog modeli jihozlanadi. Unda rulning bir holatdan ikkinchisiga o‘zgartirilishi bir daqiqaga yaqin vaqt oladi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
O‘zbekiston | 00:47
-
Microsoft aniq ob-havo bashoratlari uchun Aurora sun’iy intellekt modelini taqdim etdi
Fan-texnika | 00:16
-
Hamburg markaziy vokzalida ayol kishi pichoq bilan odamlarga hujum qildi. Kamida 12 kishi jarohat oldi
Jahon | 23:27 / 23.05.2025
-
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
Jamiyat | 23:09 / 23.05.2025
Mavzuga oid

20:52 / 05.09.2024
Volvo 2030 yilga borib faqat elektromobillar sotish rejasidan voz kechmoqda

18:19 / 08.06.2023
Volvo EX30 elektromobilini taqdim etdi

12:00 / 11.05.2021
Xavfsiz va keng funksionallikka ega oilaviy mashinalarni haydash vaqti keldi!

15:39 / 02.03.2021