«2020/21 öquv yilini masofaviy tarzda boşladik. Birinçi kurs öquvçilari bilan ham öquv yili masofaviy tarzda boşlanadi. Farqli tomoni – rejamizga köra, birinçi kursga tavsiya etilgan talabalarning hujjatlari töliq rasmiylaştirilib bölinganidan keyin, 12 oktyabrdan boşlab, oliy ta'lim muassasalarida 3 kundan 2 haftagaça tanişuv darslari taşkil qilinadi.
Bu tanişuv darslari karantin qoidalariga töla amal qilingan holatda auditoriyaga 50 foizdan oşmagan talabalarni kiritib, karantin talablari asosida taşkil etiladi», – dedi Abduvali Xoliqov 29 sentyabrdagi matbuot anjumanida.
Ma'lum qilinişiça, talabalar turar-joylariga talabalar joyalaştirilmaydi. Uzoq hududlardan Toşkentdagi OTMlarga öqişga kirgan talabalar uçun öşa hududdagi OTMning moddiy texnik-bazasidan foydalangan holda hududdagi yoşlarni yiğib, tanişuv darslari taşkil etiladi.
Vazirlik rasmiysiga köra, uzoq hududlarga Toşkent şahridagi OTMlar professor-öqituvçilari borib, tanişuv darslarini taşkil qiladi. Tanişuv darslari kuniga 2 paradan ortiq bölmagan holda, paralar orasida 10 daqiqalik tanaffus bölib, talabalar auditoriyani özgartirmaydi.
«Bu darslarda yangi qabul qilingan talaba oliy ta'lim muassasasi va undagi öqituvçilar va dars jadvallari bilan taniştiriladi. Bu yerda 1-kursga qabul qilingan talabalarning masofaviy ta'lim oliş könikmasini şakllantiramiz», – dedi Abduvali Xoliqov.












