“Formula-1” chempioni dunyodagi eng tezyurar elektrokarni sinovdan o‘tkazdi (video)
2016 yilgi “Formula-1” chempioni Niko Rosberg Germaniyadagi Nyurburgring trassasida dunyodagi eng tezyurar elektrokar hisoblanuvchi Volkswagen ID.R’ni sinovdan o‘tkazdi.

Rosbergning ta'kidlashicha, u mashinaning tor kabinasiga o‘tirgach, dastlab unda klaustrofobiyaga o‘xshash his paydo bo‘lgan, biroq masofani o‘ta boshlagach, o‘zini “uydagidek” his qila boshlagan.
Poygachining ta'kidlashicha, Volkswagen ID.R “Formula-1” bolidi kabi tezkor emas, biroq yaxshi boshqariladi va katta bosish kuchiga ega.
Volkswagen ID.R jami 680 ot kuchi beruvchi ikkita elektromotor bilan jihozlangan. Mashina og‘irligi 1100 kg keladi. Avtomobil to‘liq quvvatlangan batareyalar, ideal asfalt va shamol yo‘q bo‘lgan sharoitda joyidan 100 km/soat tezlikkacha 1,65 soniyada erisha oladi. Ushbu mashinada umumiy hisobda 5 ta tezlik rekordi o‘rnatilgan.
Jumladan, unda poygachi Diter Depping Germaniyadagi Blister Berg avtodromi uchun tezlik rekordini o‘rnatgan: poygachi 4,2 kmlik masofani 1 daqiqa 24 soniyada bosib o‘tgan.
Bundan tashqari, elektrokar AQShdagi Payks-Pik tog‘iga chiqish bo‘yicha musobaqalarda rekord o‘rnatgan. Shuningdek, mashinaga Nyurburgringni o‘tish rekordi tegishli.
Tavsiya etamiz
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namibiya iqtisodiy tejamkorlik maqsadida davlat dafn marosimlari bekor qilindi
Jahon | 00:30
-
Bloomberg: Germaniya 1000 tagacha Leopard 2 tanklarini xarid qiladi
Jahon | 00:11
-
Farg‘onada YPX xodimlari Malibu’ning jarimalarini asossiz bekor qilib kelgani aniqlandi
O‘zbekiston | 23:53 / 04.07.2025
-
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
Mavzuga oid

12:58 / 21.06.2025
O‘zbekistonda Volkswagen avtomobillarini ishlab chiqarish qachondan boshlanadi?

17:48 / 12.06.2025
O‘zbekistonda Volkswagen avtomobillari ishlab chiqariladi

22:13 / 16.01.2025
Xitoy Volkswagenʼning Germaniyadagi zavodini sotib olishga qiziqish bildirmoqda

23:27 / 27.12.2024