Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim sizga intervyu berishni istamasa, ayting, o‘zi yoningizga borib ma'lumot berib keladi – Turdimov
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov 12 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida rahbarlarning ochiqligi, OAV bilan hamkorlik qilishdan o‘zini tortmasligi to‘g‘risida gapirdi.
Hokim viloyatda davlat idoralari ochiq-oshkora ishlash tizimiga o‘tgani va bu siyosatni bevosita o‘zi ham qo‘llab-quvvatlayotganini bildirdi. Viloyatdagi tashkilot rahbarlari bilan o‘tkazib kelinayotgan videoselektorlarda ommaviy axborot vositalari yoki ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan savol va murojaatlarga o‘z vaqtida munosabat bildirishni talab qilayotganini ma'lum qildi.
«Ochiqlik bugun talab darajasidami, degan haqli savol tug‘iladi. Tan olish kerak, yetarlicha ochiqlikka erisha olganimiz yo‘q. Qayerdadir biz tayyor emasmiz, qayerdadir ommaviy axborot vositalari. Orada bo‘shliq bor. Shuni bir-birimizga aytib, to‘ldirib borsak to‘g‘ri bo‘ladi», deya hokimning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Anjumanda jurnalistlar viloyat rahbarlari, xususan, hokimliklardan ma'lumot olishda muammo bo‘layotgani to‘g‘risida e'tiroz bildirishdi.
«Kim sizlarga intervyu berishni istamasa, menga aytinglar, o‘zi yoningizga borib ma'lumot berib keladi. Siyosat shu, men hamma rahbarlarga aytganman. Kerak bo‘lsa, fuqaro ijtimoiy tarmoqlar orqali qaysidir tizimga oid savol bersa, o‘sha yerda tashkilot rahbari munosabat bildirishini talab qilyapman.
O‘zingizga kerakli ma'lumotni olishga qiynalsangiz, menga internet orqali yozib yuboring. Axborot xizmatimiz muloqotni tashkil qilib beradi. Ochiqlik siyosatiga ko‘nmagan rahbarlar biz bilan ishlamaydi», dedi Turdimov.
Mavzuga oid
17:20 / 13.01.2026
Xovosda fermerlarning yerlari ommaviy tortib olinyapti
17:08 / 04.12.2025
Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi etib tasdiqlandi
15:41 / 02.09.2025
Maktab ta’miriga jalb etilgan o‘qituvchilar voqeasi ortidan Xovos tumani hokimi hayfsan oldi
18:18 / 29.08.2025