Sirdaryo viloyatida o‘tgan 9 oy mobaynida 101ta yo‘l transport hodisasi sodir etilgan
Sirdaryo viloyati hududida yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash borasida olib borilgan ishlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, joriy yilning o‘tgan 9 oyi mobaynida haydovchilar tomonidan jami 101 ming 580 ta qoidabuzarliklar aniqlangan.
Jumladan, 40 ming 355 ta qo‘pol qoidabuzarliklar, 982 ta transport vositasini mast holatda boshqarish va piyodalar ishtirokida sodir etilgan qoidabuzarliklar bo‘yicha 11 ming 790 ta holat qayd etilgan.
Sirdaryo viloyati yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining sa'y-harakatlari bilan o‘tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan qoidabuzarliklar kamayishiga erishilgan bo‘lsa-da, ayrim ko‘rsatkichlar hali ham yuqoriligicha qolgan.
Jumladan, viloyatda jami sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari soni o‘tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 4 taga kamayib, 101 tani (3,8 foizga kam) tashkil qilgan. Og‘ir tan jarohati bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalar 4 taga kamayib, 62 ta (6,1 foizga kam) qayd etilgan.
2020 yilda yo‘l-transport hodisalari oqibatida vafot etgan fuqarolar sonida o‘zgarish kuzatilmagan – 39 ta o‘lim holati qayd qilingan.
Mavzuga oid
18:31 / 23.09.2024
Qozog‘iston va O‘zbekiston Sirdaryoda 10 ta gidropost tashkil qiladi
08:00 / 13.09.2024
Sirdaryoda 2 yoshli bog‘cha bolasi vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
16:00 / 07.09.2024
Sirdaryo, Navoiy va Toshkent viloyatida “prava” olib berishni va’da qilganlar ushlandi
08:10 / 06.09.2024