Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Urganchdagi g‘isht zavodi 440,8 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Urganch shahridagi «Sanoatchilar» ko‘chasida joylashgan «Jahongir» MChJ hududida g‘isht pishirish uchun 20ta xumdon bo‘lib, ularning 5tasidan hech qanday hujjat va ruxsatnomalarsiz, gaz taqsimlash qurilmasi tamg‘alarini yaroqsiz holga keltirgan holda foydalanilayotgani aniqlandi.
«Hududgazta’minot» AJ xabariga ko‘ra, mazkur xumdonlarga o‘rnatilgan gaz jo‘mragi polietilen quvurlar orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri tarmoqqa ulanib, g‘isht pishirilgan.

Bundan tashqari, jamiyatga qarashli choyxona ham tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini qo‘pol ravishda buzib faoliyat ko‘rsatayotgani ma'lum bo‘lgan. Loyiha hujjatlarida ovqatlanish obekti temir quvurlar bilan gazlashtirilishi belgilangan bo‘lsada, amalda polietilen quvurlar orqali gazga ulanib, taom tayyorlash uchun mo‘ljallangan qo‘lbola 12ta komforkali uskunalardan foydalanib kelingan.

Ma'lum qilinishicha, «Jahongir» MChJ tomonidan sodir etilgan ushbu qonunbuzarliklar natijasida gaz yetkazib beruvchi tashkilotlarga jami 440,8 million so‘mlik zarar yetkazilgan.
Korxona hozirda gaz ta'minotidan to‘liq uzilgan. Mazkur ish bo‘yicha barcha hujjatlar amaldagi qonunchilikka muvofiq chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilgan.
Mavzuga oid
08:25 / 07.02.2026
Centrum Air'ning Urganch-Toshkent reysiga 12 yo‘lovchi “sig‘may” qoldi
18:57 / 25.01.2026
Urganch–Xiva yo‘nalishida pulli avtomobil yo‘li quriladi
23:12 / 14.01.2026
Xivadagi Kongress markazi va Farg‘onadagi ekspomarkaz loyihasi prezidentga taqdim etildi
10:52 / 25.12.2025