O‘zbekiston | 13:59 / 16.10.2020
9382
1 daqiqa o‘qiladi

Dam olish kunlarida havo issiq bo‘ladi

Bugun va dam olish kunlari xorijiy janubdan quruq va issiq havoning kirishi davom etadi, O‘zbekiston hududida ob-havo kam bulutli bo‘ladi.

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, havo harorati kechasi 8-10 daraja iliq atrofida, kunduzi 23-25 daraja issiq bo‘ladi. Bunday harorat iqlimiy me'yordan 4-5 darajaga yuqoridir.

O‘zbekistonda oktabr o‘rtasining ob-havosi har xil bo‘ladi, deyiladi ma'lumotda.

Qayd etilishicha, 2012, 2016 va 2018 yillarda kechasi havo harorati ancha pasaygan, kunduzi esa termometr ustunchasi 6-8 daraja iliqdan ko‘tarilmagan.

2008, 2010, 2011, 2017 yillarda oktabr o‘rtasida eng issiq ob-havo kuzatilgan – kunduzi harorat 28-30 darajaga ko‘tarilgan. Oktyabrning shu kunlari uchun maksimal harorat rekordi 32-34 daraja issiqni tashkil etadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid