Britaniyalik olimlar tomonidan koronavirusning uchta yangi alomati aniqlandi
Britaniyalik olimlar yangi simptomlarni aniqlagan tadqiqot natijalari haqida xabar berishdi. Yangi alomatlar qatorida olimlar kasallanganlarning oyoqlarida pufakchalar paydo bo‘lishi, shuningdek charchoqning kuchayishi, holsizlik, ko‘krak qafasidagi og‘riqlarning paydo bo‘lishini ta'kidlagan.
Qayd etilishicha, ko‘p uchraydigan alomatlarga esa isitma va mushak og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi va qayt qilish, bosh og‘rig‘i, nafas olish muammolari, burun tiqilishi va yo‘talni misol keltirish mumkin. Ushbu alomatlar gripp virusi bilan juda o‘xshash, shuning uchun odamlar ko‘pincha COVID-19 bilan kasallanganini bilmaydi.
Shuningdek, tadqiqot davomida Buyuk Britaniyaning har beshinchi fuqarosi karantin choralarini jiddiy qabul qilishi va o‘zini yakkalash rejimiga rioya qilishi aniqlandi.
Ushbu mamlakatda tibbiyot xodimlari koronavirusni tekshirishga talab oshgani haqida xabar berishmoqda va ba'zi shifoxonalar yangi holatlar oqimiga dosh berolmayapti. Shu sababli koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar uchun yangi shifoxonalar qurish uchun shoshilinch choralar ko‘rish zarur.
Ko‘plab mamlakatlarda koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha cheklov choralari yana kuchaytirila boshladi, bu esa yaqin kelajakda global pandemiyaga butunlay barham berishning iloji yo‘qligidan dalolat beradi. Ayni paytda butun dunyoda COVID-19 kasalligidan 1 millionga yaqin odam vafot etgan. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, epidemiya barham topguniga qadar yana bir necha million kishi kasallik tufayli vafot etishi mumkin.
Mavzuga oid
10:06 / 16.02.2023
Koviddan keyingi sindrom bir necha oy ichida o‘zini namoyon qilishi mumkin - mutaxassis
03:31 / 16.02.2023
Koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha JSST surishtiruvi to‘xtab qoldi
10:02 / 31.01.2023
JSST pandemiya tugaganini e’lon qilishiga ayrim hududlardagi vaziyat to‘sqinlik qilmoqda
23:06 / 16.01.2023