Muzlatilgan mahsulot sirtida birinchi marta tirik koronavirus aniqlandi
Xitoyning kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi mutaxassislari dunyoda birinchi marta muzlatilgan mahsulot qadog‘ida tirik koronavirusni aniqlashdi.
Ular Tsindao shahrida yangi kasallanish holatlari sababini aniqlash vaqtida import qilingan muzlatilgan treska balig‘i qadog‘idan olingan namunada tirik koronavirusni aniqlashgan.
“Bu dunyodagi birinchi shunday holatdir va mahsulot qadog‘ida tirik virus bilan ta'sirlashish kasallanishga olib kelishi mumkinligini tasdiqlaydi”, deb ma'lum qilingan markaz saytida.
Markazda ta'kidlanishicha, ushbu holat muzlatilgan mahsulotni transportirovka qilishning muayyan sharoitlarida koronavirus mahsulot qadog‘ida uzoq vaqt davomida saqlanib qolishi mumkinligini isbotlovchi dunyodagi birinchi holat hisoblanadi.
Muayyan sharoitlarda bunday sirt bilan ta'sirlashish kasallanishga olib kelishi mumkin. Bunda xavf guruhiga muzlatilgan mahsulotlar bilan bog‘liq soha ishchilari kiradi.
Markazda avval bunday yo‘l bilan kasallanish ehtimoli juda ozligi ta'kidlangandi, chunki xitoylik mutaxassislar muzlatilgan mahsulot qadog‘ida hali biror marta tirik virusni aniqlashmagandi.
Markaz xavf guruhiga kiruvchi ishchilarga ehtiyotkor bo‘lishni va shaxsiy himoyani kuchaytirishni tavsiya qilgan.
Sentabr oxirida Xitoyda Rossiyadan olib kirilgan muzlatilgan kalmar qadog‘ida koronavirus aniqlangandi. O‘shanda muzlatilgan mahsulot bilan ishlagan barcha kishilar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Ular koronavirusga test topshirishgan, biroq hech kimda infeksiya aniqlanmagan.
Mavzuga oid
10:06 / 16.02.2023
Koviddan keyingi sindrom bir necha oy ichida o‘zini namoyon qilishi mumkin - mutaxassis
03:31 / 16.02.2023
Koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha JSST surishtiruvi to‘xtab qoldi
10:02 / 31.01.2023
JSST pandemiya tugaganini e’lon qilishiga ayrim hududlardagi vaziyat to‘sqinlik qilmoqda
23:06 / 16.01.2023