Jamiyat | 16:35 / 19.10.2020
3977
4 daqiqa o‘qiladi

Sariosiyo tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga zamonaviy PZR uskunasi taqdim etildi

Bugungi kunda barcha davlatlarda hukm surayotgan pandemiya sababli, koronavirus kasalligini aniqlash uchun zarur bo‘lgan PZR apparatlariga bo‘lgan talab hamon yuqoriligicha qolmoqda. Ayni vaqtda yurtimizda “COVID-19” kasalligini erta aniqlash maqsadida barcha tibbiyot muassalarida PZR apparatlari mavjud bo‘lib, kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash imkonini bermoqda.

Ammo, bu kabi zamonaviy apparatlar barcha tibbiyot muassalalarida ham yetarli darajada mavjud emas. Shu bois, chekka qishloqlardagi aholi kasallikni aniqlash maqsadida viloyat markazlariga borib, test topshirayapti. Bu esa, aholiga qator noqulayliklar tug‘dirmoqda.

Mana shunday holatlarni oldini olish, aholiga qulay sharoitlarni yaratish, aholi salomatligini mustahkamlash, koronavirus kasalligini erta aniqlash maqsadida senator Abdug‘ani Sanginov tashabbusi bilan Sariosiyo tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga zamonaviy PZR apparati olib berildi.

Mazkur PZR apparati bir vaqtning o‘zida 400 ga yaqin tahlillarni o‘tkazish imkoniyatiga ega.

Biz test topshirishga navbatda turgan mahalliy aholi vakillari bilan suhbatlashdik.

“Biz juda ham mamnunmiz. Tuman shifoxonasiga Senator Abdug‘ani Sanginov tomonidan koronavirus infeksiyasini aniqlash uchun zarur bo‘lgan PZR apparati olib berildi. Tumanimiz aholisi ko‘p. Kasallikni aniqlash uchun uzoq yo‘l bosib, viloyat markaziga borib kelayotgan edik. Senator tomonidan olib berilgan apparat yordamida bir kunda 300-400 nafar odamlar test topshiryapti. Buning natijasida, birinchidan, viloyat markaziga ortiqcha pul sarflab, bormaydi. Ikkinchidan, ko‘p vaqt ketmaydi. Baraka topsin, yaqinda mana shu shifoxonani ham to‘liq ta'mirlab bergan edilar. Shu o‘rinda, senatorga mahalliy aholimiz nomidan katta rahmat, deyman. Juda xayrli va savobli ishni amalga oshirdilar. Aholimiz ham juda mamnun”, – deydi fuqaro Xasan Xo‘jamqulov.

Shuningdek ma'lumot o‘rnida senator tomonidan Mustaqilligimizning 29 yillik bayrami arafasida Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi Lo‘pon mahallasida “18-Lo‘pon”, Qorabog‘tepa mahallasida “21-Xolchayon” qishloq oilaviy poliklinikalari yangitdan qurib foydalanishga topshirilgan edi. Sariosiyo tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasi karantin e'lon qilingan davrda ham bemorlarga qulay sharoitlari yaratish va o‘z vaqtida sog‘ligini tiklash maqsadida shifoxonaning tegishli bo‘limlari to‘liq ta'mirlanib, yangitdan qo‘shimcha oshxona qurib berildi. Davolash-profilaktikasi uchun tibbiyot xodimlariga himoya vositalari, respirator, tibbiy qo‘lqop, himoya ko‘zoynagi bilan, dezinfeksiyalovchi vositalar ham olib berildi.

Shuningdek, senator Abdug‘ani Sanginov tomonidan tuman tibbiyot birlashmasiga bemorlarni davolash uchun muhim va zarur bo‘lgan 6 dona oksigenator apparati ham olib berildi.

Albatta, bu kabi amalga oshirilayotgan ezgu va xayrli ishlar zamirida birgina asosiy maqsad, ya'ni aholining og‘irini yengil qilish, salomatligini asrab-avaylash va ularga munosib sharoitlar yaratish yotadi. Darhaqiqat, bu sa'y-harakatlar, avvalo, inson salomatligini muhofaza qilishga qaratilgani bilan ham nihoyatda ahamiyatlidir.

Reklama xuquqi asosida

Mavzuga oid