Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Liverpul», «MYu» va boshqa top-klublar «Yevropa Premer-ligasi»ni tashkil etishmoqchi
Yevropada yaqin orada yangi yirik futbol musobaqasi paydo bo‘lishi mumkin, deb xabar beradi Sky Spors.
Foto: Getty Images
Manbaga ko‘ra, hozirda Angliya, Ispaniya, Germaniya, Italiya va Fransiyaning 10dan ortiq klublari, shu jumladan, «Liverpul» hamda «Manchester Yunayted» «Yevropa Premer-Ligasi» deb nomlangan turnir yaratish bo‘yicha muzokaralar olib borishmoqda.
Tashkilotchilar ushbu musobaqani FIFA ko‘magida 2022 yildan boshlashmoqchi. Unda 16-18 jamoa qatnashishi kutilmoqda. Ayni paytda investorlar izlanmoqda. Ligani boshlash uchun 6 mlrd dollar kerakligi ta'kidlangan.
Yevropa Premer-ligasining har bir potensial ishtirokchisiga 100 mln dollardan ortiq kafolatli to‘lov va'da qilingan. Tashkilotchilarning g‘oyalari amalga oshsa, bu klublar darajasidagi eng boy turnirga aylanadi. Turnir loyihasining taqdimoti shu oyning oxirida bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
12:15 / 18.01.2026
«Siti» derbida taslim etildi, muxlislar Vinini yig‘latishdi
21:56 / 14.01.2026
Maykl Kerrik «Manchester Yunayted»ni mavsum oxirigacha boshqaradi
21:25 / 05.01.2026
Amorimning kutilmagan iste’fosi. «MYu» rahbariyatining qarori qanchalik to‘g‘ri?
15:42 / 05.01.2026