O‘zbekiston | 22:02 / 20.10.2020
3741
1 daqiqa o‘qiladi

Mass-media fondi notiqlik mahorati bo‘yicha trening tashkil etdi

Mashg‘ulotlar davomida jamoat oldida nutq so‘zlashga tayyorgarlik ko‘rish, nutq texnikasi, noverbal kommunikatsiya, psixologik usullar va boshqa shu sohaga oid mavzular o‘rganiladi.

Foto: Mass-media fondi

Mass-media fondi YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori ofisi bilan hamkorlikda 19 oktyabrdan 22 oktyabrgacha davom etadigan notiqlik mahorati bo‘yicha trening tashkil etdi.

Mashg‘ulotlar davomida jamoat oldida nutq so‘zlashga tayyorgarlik ko‘rish, nutq texnikasi, noverbal kommunikatsiya, psixologik usullar va boshqa shu sohaga oid mavzular o‘rganiladi.

Mashg‘ulotlarni «Notiqlik mahorati maktabi» kursining rahbari, ommaviy chiqishlar bo‘yicha maslahatchi Elshod Hafizov olib boradi.

Avvalroq Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi yangi ta'lim loyihasini boshlagani xabar qilingandi.

Mavzuga oid