Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi yangi ta'lim loyihasini boşlamoqda. Bu töğridan-töğri ommaviy axborot vositalari sohasida işlaydigan mutaxassislar uçun ham, ommaviy axborot vositalari bilan işlaydigan yoki ular bilan özaro aloqada bölganlar — matbuot kotiblari va rasmiylar uçun ham malaka oşiriş jarayoni amalga oşiriladigan platforma.

 Har bir taklif qilinadigan kurs bir-birini takrorlamaydi va tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda aniq maqsadli auditoriya uçun möljallangan.

 Jurnalistlar va blogerlar uçun öquv kurslarining asosiy maqsadi — kasbiy va ijodiy salohiyatni oşiriş, kontentni vizualizatsiya qiliş, yangi usullardan foydalangan holda ma'lumotlar taqdim etiş, SMM menejmenti könikmalarini oşiriş. Ommaviy axborot vositalarida huquqiy savodxonlikni oşirişga alohida e'tibor qaratiladi.

 Matbuot kotiblari zamonaviy media-kontentni, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar uçun tegişli va tezkor materiallarni tayyorlaş, informatsion sabablar yaratiş, şuningdek PR materiallari va raqamli formatdagi press-relizlarni tayyorlaş uçun onlayn vositalardan foydalaniş böyiça yangi bilimlarga ega bölişlari mumkin.

 Vazirlik va idoralar xodimlari uçun kurslar axborot madaniyati sohasidagi bilimlarini oşiriş, jamoatçilik bilan va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan işlaş böyiça amaliy könikmalarni, jamoat oldida sözlaşiş, şuningdek inqirozli kommunikatsiyalar böyiça bilimlarni şakllantirişga möljallangan.

Şuningdek, jurnalistlar malakasini oşiriş kurslari uçun pilot guruhga qabul e'lon qilinadi.

Kurslar 12-14 oktabr kunlari ötkaziladi.

Kurslarda qatnaşiş uçun 10  oktabr soat 23:00gaça uşbu havola orqali röyxatdan ötiş mumkin.