Jahon | 14:25 / 21.10.2020
9049
3 daqiqa o‘qiladi

Iqlim o‘zgarishi masalasi AQShdagi saylov natijasiga ta'sir qilishi mumkin. Qanday qilib?

AQShning keyingi 4 yilga saylanadigan prezidenti iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda muhim rol o‘ynashi mumkin.

Donald Tramp / Foto: Brendan Smialowski/AFP/Getty Images

Ekspertlar Donald Trampni qayta saylash global isishning oldini olishni imkonsiz qilib qo‘yishidan xavotirda. Ularning fikricha, Tramp yoqilg‘ini tabiatga zarar yetkazadi deb hisoblamaydi va uni istalgancha sarflashga imkon beradi. Shu sabab Tramp Parijdagi iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash borasidagi bitimga ham qo‘shilmagan.

Agar Tramp qayta saylansa...

Trampning g‘alabasi Amerikaning Parij bitimidan chiqishi bilan bir qatorda, yoqilg‘i ishlab chiqarishni jadallashtirishiga olib kelishi mumkin. Bu esa dunyo iqlimi uchun jiddiy oqibatlarga olib keladi.

«Tramp iqlimga oid qoidalarning barchasini foydasiz deb hisoblaydi», deydi Kolumbiya universiteti professori Maykl Jyerrard.

Tanqidchilarning aytishicha, atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qoidalarga amal qilishni orqaga surish hukumat e'tiboridan chetda qolmasligi kerak.

«Tramp ma'muriyati ilmni inkor etish va olimlarni obro‘sizlantirish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qildi», deydi AQSh Atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi sobiq rahbari Jina Makkarti.

Bayden Trampdan nimasi bilan farq qiladi?

Jo Bayden

Saylovda Jo Bayden g‘alaba qozonsa, Parij kelishuviga qo‘shilishni va issiqxona gazlarini qisqartirish uchun 2 trillion dollar ajratishni va'da qilgan. Baydenning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha rejasiga ko‘ra, 2035 yilga kelib AQSh energetika sohasi ugleroddan xoli bo‘ladi, 2050 yilda esa AQSh zaharli gazlarsiz hududga aylanishi mumkin. Bayden bunga sanoat va transportdan chiqadigan har qanday uglerodni qisqartirib, shuningdek, o‘rmonlarni ko‘paytirish orqali erishmoqchi.

Bayden AQShda elektr bilan yuruvchi transport vositalari va poyezdlar yordamida transportda inqilob yasash g‘oyasini ilgari surmoqda. Shuningdek, u 1,5 million ekologik toza uy-joylar qurmoqchi (bu yerda energiya tejamkor uylar nazarda tutilmoqda – tarj.). Baydenning tarafdorlari uning rejasi AQShga nafaqat foyda keltirishi, balki global haroratning pasayishiga yordam berishini aytmoqda.

Mavzuga oid