Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil BAA va AQSh bilan birga mintaqaviy investitsiya jamg‘armasini tashkil etmoqda
Isroil, Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) va AQSh seshanba kuni Amirlik delegatsiyasining Tel-Avivga birinchi tashrifi chog‘ida rivojlanish jamg‘armasi tashkil etilganini e'lon qilishgan.
«Isroil va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi normallashuv kelishuvining rasmiy nomi — «Ibrohim kelishuvlari»dan kelib chiqqan holda «Ibrohim jamg‘armasi» 3 milliard dollar miqdorida dastlabki sarmoyani ishga tushiradi», degan AQSh Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi bosh direktori Adam Beyler.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Al-Qudsga asoslangan fond Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada iqtisodiy hamkorlik va farovonlikni rivojlantirishga qaratilgan.
AQShning Isroildagi elchixonasi o‘z bayonotida ushbu fond «uch mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikning yangi ruhi hamda ularning mintaqani rivojlantirishga qaratilgan umumiy irodasi» ekanligini ta'kidlagan.
15 sentabr kuni BAA va Bahrayn Oq uyda normalizatsiya kelishuvlarni imzolagandan so‘ng Isroil bilan to‘liq diplomatik, madaniy va tijorat aloqalarini o‘rnatishga kelishib olgan edi.
Mavzuga oid
13:30
AQSh chekinsa, Isroil yadroviy variantni tanlaydimi?
21:34 / 12.04.2026
Turkiya prokuraturasi Isroil hukumati rahbarlariga nisbatan 4596 yilgacha qamoq jazosi berilishini so‘radi
20:05 / 12.04.2026
Isroil armiyasiga Eronga hujum qilishga tayyorlanish buyurildi – OAV
16:16 / 11.04.2026