Majlisda Fan, ta'lim va soğliqni saqlaş masalalari qömitasi raisi Odiljon Iminov Vazirlar Mahkamasi tomonidan parlament sörovi natijalari yuzasidan taqdim etilgan axborotda parlament sörovida qöyilgan vazifalar ijrosi yetarliça aks ettirilmaganini ta'kidladi.
«Xususan, tibbiy-mehnat ekspert komissiyalar tomonidan fuqarolarni tibbiy körikdan ötkaziş va ularning nogironligini aniqlaş masalalari normativ-huquqiy hujjatlarda yetarliça tartibga solinmagan, nogironlik profilaktikasi, nogironligi bölgan şaxslarni tibbiy-ijtimoiy va kasb böyiça reabilitatsiya qiliş böyiça yaqin, örta yoki uzoq muddatli strategiya qabul qilinmagan.
Şu bilan birga, nogironlikni aniqlaş uçun tibbiy-ijtimoiy ekspertiza ötkazişda qöllanayotgan mezonlar qirq yil avval işlab çiqilgan uslubiyotga asoslangan bölib, yangi tartib haligaça işlab çiqilmagan.
Tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyalarning nogironlarga xizmat körsatiş yuklamasi belgilanmagan, 18 yoşgaça bölgan bolalarda va undan katta yoşdagi şaxslarda nogironlikka olib keluvçi asosiy kasalliklar röyxati va uşbu kasalliklarda nogironlik belgilaş mezonlari, nogironligi bölgan şaxslarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilişning zamonaviy usullarini joriy etgan holda tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan ötkaziş mezonlari işlab çiqilmagan», deya Odiljon Iminovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan Özbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 1 dekabrdagi «Nogironligi bölgan şaxslarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni bilan tasdiqlangan kompleks çora-tadbirlar dasturida nogironlikni aniqlaş bilan boğliq qator vazifalar bajarilmayotgani qayd etib ötilgan.
Jumladan, Soğliqni saqlaş vazirligi tizimining tibbiy-maslahat komissiyalari va tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari faoliyati tanqidiy qayta körib çiqilmagan, nogironlikni belgilaş mexanizmlari va uning muddatlari, şu jumladan, hujjatlarni rasmiylaştiriş tartibi takomillaştirilmagan. Nogironlikni belgilaş tizimiga belgilari yaqqol körinib turgan murojaat qiluvçini nogironlik belgilangunga qadar qöllab-quvvatlaş mexanizmi joriy qilinmagan, ayrim toifadagi nogironligi bölgan şaxslar uçun tibbiy tekşiruv ötkazmasdan aniqlanişi mumkin nogironlik toifalari uçun statsionar davolanişda majburiy böliş tartibi bekor qilinmagan, yordamga juda muhtoj bölgan şaxslar uçun sirtdan nogironlik toifasi belgilaş hanuz joriy etilmagan.
Uşbu vazifalarni bajariş böyiça aniq asos va muddatlar belgilab qöyilganiga qaramay, nogironligi bölgan şaxslar nogironligini belgilaşda, tibbiy-ijtimoiy xizmatlardan foydalanişda köplab ovoragarçilikka duç kelişiga sabab bölayotgani ta'kidlab ötilgan.
















