Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston parlamenti muddatidan avval bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovi kunini belgilay olmadi
Qonun bo‘yicha parlament prezident iste'foga chiqqanidan so‘ng yetti kun ichida yangi saylov muddatini e'lon qilishi lozim.
Qirg‘iziston parlamenti kvorum yo‘qligi tufayli muddatidan avval bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovi kunini belgilay olmadi.
"Muddatidan avval bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovi kunini e'lon qilish uchun 51 nafar deputat ishtirok etishi lozim, zalda bor-yo‘g‘i 27 deputat bor. Muddatni belgilashning imkoni yo‘q", - dedi parlament vitse-spikeri Aida Kasimaliyeva.
Qonun bo‘yicha parlament prezident iste'foga chiqqanidan so‘ng yetti kun ichida yangi saylov muddatini e'lon qilishi lozim.
Deputatlar muddatidan avvalgi prezidentlik saylovini 10 yoki 17 yanvarda o‘tkazishni taklif qilishdi.
Qirg‘iziston markaziy saylov komissiyasi raisi Nurjan Shayldabekova saylov kunini e'lon qilish uchun yana bir kun muhlat borligini aytdi.
"Parlament saylov muddatini ertaga e'lon qilishi mumkin", - dedi Shayldabekova.
Eslatib o‘tamiz, Sooronbay Jeenbekov 15 oktabr kuni Qirg‘iziston prezidentligidan iste'foga chiqdi.
Prezidentning iste'fosidan keyin, Konstitutsiyaga ko‘ra, davlat rahbarining barcha majburiyatlari parlament spikeri Kanat Isayevga o‘tishi kerak edi. U bu vakolatdan voz kechgach, prezidentlik vakolatlari Sadir Japarovga o‘tdi.
Mavzuga oid
22:31 / 02.07.2026
Qamchibek Tashiyev 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ammo, jazo yengilrog‘iga almashtirildi
17:41 / 02.07.2026
Qirg‘iziston Rossiyaning benzin eksportini taqiqlashi ortidan O‘zbekistondan yoqilg‘i so‘radi
16:34 / 01.07.2026
Qirg‘iziston 650 kg kolbasa mahsulotlarini O‘zbekistonga qaytarib yubordi
20:14 / 29.06.2026