Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Shvetsiyaga Huawei uchun o‘ch olish bilan tahdid qildi
20 oktabr kuni Shvetsiya hukumati mamlakat hududida 5G tarmoqlarini yaratishda Xitoyning Huawei va ZTE kompaniyalari qurilmalaridan foydalanishni taqiqlagandi.
Reuters
Xitoy Shvetsiyaga Huawei kompaniyasiga nisbatan cheklovlar qo‘ygani uchun o‘ch olish bilan tahdid qildi. Bu haqda XXR tashqi ishlar vazirligiga tayanib Bloomberg xabar bermoqda.
Vazirlikning bildirishicha, Stokholm Shvetsiya hududida 5G tarmoqlarini yaratish uchun Huawei qurilmalaridan foydalanishga qo‘yilgan taqiqni bekor qilishi lozim. Aks holda Shvetsiyaning Xitoy bozoridagi kompaniyalari ahvoli yomonlashadi.
20 oktabr kuni Shvetsiya hukumati mamlakat hududida 5G tarmoqlarini yaratishda Xitoyning Huawei va ZTE kompaniyalari qurilmalaridan foydalanishni taqiqladi. Hukumatning bildirishicha, Shvetsiya Xitoyni mamlakat uchun eng katta tahdidlardan biri deb hisoblaydi.
Avvalroq Buyuk Britaniya ana shunday qaror qabul qilgandi.
Dastlab Huawei kompaniyasiga nisbatan AQSh cheklovlar kiritgandi. Vashington Xitoy kompaniyasini maxsus xizmatlarga aloqador deb hisoblamoqda. Xitoy esa mazkur qaror siyosiy tusga ega ekanligini ta'kidlamoqda.
Mavzuga oid
23:16 / 10.04.2026
Dunyodagi eng baland osmono‘par binolardan biri 18 yillik tanaffusdan so‘ng qurib bitkaziladi
21:28 / 10.04.2026
Tayvan muxolifati yetakchisi Pekinda Si Jinping bilan uchrashdi
08:10 / 09.04.2026
Elektromobillar poygasi: kim dunyoda yetakchi?
07:45 / 09.04.2026