Yo‘l harakati qoidasini 16 marta buzgan fuqarodan 7 mln so‘m jarima undirildi
Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumani, Xonobod qishlog‘ida yashovchi M.A. o‘ziga tegishli bo‘lgan Hyundai avtomashinasida 2019 yil avgust oyida Marg‘ilon shahrida harakatlanib ketayotgan vaqtida yo‘l harakati qoidasini buzib, 2020 yil 20 oktabr kuniga qadar huquqbuzarliklari sonini 16taga yetkazib ulgurgan.
Biroq u o‘zi sodir etgan birorta huquqbuzarlik uchun tayinlangan ma’muriy jarimalarni ixtiyoriy ravishda to‘lamagan. Majburiy ijro byurosi Yozyovon tuman bo‘limi tomonidan huquqbuzar M.A.ga nisbatan jami 16ta ma’muriy jarima jazosini qo‘llash to‘g‘risidagi qarorlar asosida tayinlangan umumiy 6 967 000 so‘m jarimani undirish bo‘yicha majburiy ijro harakatlari amalga oshirilgan.
Qarzdor bir necha marotaba ogohlantirish olgan bo‘lsa-da, jarimani to‘lamagan va avtomashinani faqat Marg‘ilon shahrida boshqarib yuravergan. Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari bilan 20 oktabr kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida M.A. avtomashinasida harakatlanib ketayotgan vaqtida ushlangan va avtomashina jarima maydonchasiga olib kirilgan. Shu kunning o‘zida u 6 967 000 so‘m ma’muriy jarimani to‘liq to‘lab bergan.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 332-1-moddasida huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab o‘n besh kun ichida jarima miqdorining yetmish foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod etilishi belgilangan.
Qoidabuzar fuqaro qonunda belgilangan bu imtiyozli qoidadan foydalanganida 4 867 900 so‘m jarima to‘lagan va 2 090 000 so‘m mablag‘ni o‘zi hamda oilasi uchun tejab qolgan bo‘lar edi.
Mavzuga oid
18:34 / 08.11.2024
Markaziy bank 7 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotini jarimaga tortdi
07:50 / 31.10.2024
Yo‘lning chetki chap qatorida harakatlangan yuk mashinasi haydovchilari jarimaga tortiladi
11:00 / 04.10.2024
195 km/soat tezlikda avtomobil boshqargan Jahongir Otajonov jarimaga tortildi
07:20 / 20.09.2024