OTB Afg‘onistonga O‘zbekistondan elektr uzatish liniyasini qurish uchun 110 million dollar ajratdi
Joriy yilning 20 oktabr kuni O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Kobul shahriga tashrifi doirasida O‘zbekiston va Afg‘oniston vazirlik hamda idoralari rahbarlarining kengaytirilgan tarkibdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabariga ko‘ra, uchrashuv davomida ikki davlat o‘rtasida sanoat kooperatsiyasi, savdo, transport va energetika sohalariga urg‘u bergan holda, ko‘p qirrali sheriklikni o‘rnatishga o‘zaro tayyorlik bildirildi.
Uchrashuv chog‘ida savdo sohasida mavjud to‘siqlarni bartaraf etish hamda o‘zbek va afg‘on kompaniyalari tomonidan tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi uchun sharoitlarni optimallashtirish bo‘yicha istiqbolli takliflar muhokama qilindi. O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim loyihasini tayyorlash bo‘yicha ikki mamlakatning tegishli idora va vazirliklari ishlarini faollashtirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Tadbir davomida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirokida Afg‘oniston va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida 110 mln dollar ajratishni nazarda tutuvchi "Surxon - Puli-Xumri" elektr uzatish liniyasi qurish loyihasini moliyalashtirish to‘g‘risida bitim imzolandi.
Mablag‘larning asosiy qismi tashkilotning o‘zbek pudratchilari tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan qurilish ishlariga yo‘naltiriladi. Yaqin kelajakda "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ va "Afg‘oniston Breshna Shirkat" o‘rtasida ushbu elektr uzatish liniyasini qurish bo‘yicha tegishli shartnoma imzolanadi.
Avvalroq, O‘zbekiston va Afg‘oniston elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha 10 yilga mo‘ljallangan bitim imzolagani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
21:44 / 09.11.2024
Afg‘onistonda IIV, Mudofaa vazirligi va razvedka qurol-yarog‘ berish huquqidan mahrum etildi
18:05 / 06.11.2024
Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish hajmi yana oshmoqda - BMT
14:12 / 06.11.2024
O‘zbekiston va YeI afg‘on masalasi bo‘yicha o‘zaro maslahatlashuvni davom ettiradi
22:45 / 02.11.2024