Joriy yilning 28 avgust kuni Özbekiston boş vaziri örinbosari - investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Özbekistonda taşrif bilan bölib turgan Afğoniston taşqi işlar vaziri Hanif Atmar bilan uçraşuv ötkazdi.
Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi xabariga köra, uçraşuv çoğida ikki mamlakat örtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport va logistika hamkorligining dolzarb masalalari, şuningdek, Afğonistonda energetika, temir yöllar qurilişi, savdo va infratuzilmani rivojlantiriş sohalarida qöşma loyihalarni amalga oşiriş istiqbollari muhokama qilindi.

“Surxon – Puli-Xumri” elektr uzatiş liniyasi qurilişini jadallaştiriş va tegişli bitim loyihasi ustida işlaş, şuningdek, Xalqaro avtotransport böyiça bitim loyihasini imzolaşga tayyorlaş doirasida ekspert muzokaralarini ötkaziş masalalari muhokama qilindi.
Temir yöl transporti sohasida qöşma loyihalarni amalga oşiriş orqali transport yölaklarini rivojlantirişda hamkorlikni mustahkamlaşga alohida e'tibor qaratildi.
Savdo aylanmasini oşiriş, jumladan, transçegaraviy savdoni kengaytiriş va ikkala mamlakat bozorlariga xaridorgir qişloq xöjaligi va sanoat mahsulotlarini yetkazib berişni taşkil etiş maqsadida tegişli infratuzilmani rivojlantiriş uçun şart-şaroitlar yaratiş böyiça qöşimça çora-tadbirlar köriş töğrisida kelişuvga erişildi.
Uçraşuv davomida ikki tomonlama kelişuvlarning sifatli va öz vaqtida bajarilişini ta'minlaş hamda yuzaga keladigan barça masalalarni tezkor hal etiş maqsadida muntazam aloqalar mexanizmini joriy etişga ham kelişib olindi.
Özbekiston bilan Afğoniston örtasidagi iqtisodiy hamkorlikning çuqurlaşuvi Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va taraqqiyotni ta'minlaşga xizmat qilişiga işonç bildirildi.
Uçraşuv yakunida “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Afğonistonning Da Afghanistan Breshna Sherkat kompaniyasi (DABS) örtasida 10 yil muddatga elektr energiyasini yetkazib beriş töğrisida bitim imzolandi, deyiladi xabarda.












